Chidaysanmi..?

Добавлено: 27 Августа 2020

Chidaysanmi tor kelsa dunyo?
Poylaringga zor kelsa dunyo.
Bir paytlaring go'zal, bebaxo,
Mendan keyin xor kelsa dunyo!

Chidaysanmi qadamlaringa...
Barg to'kilsa izlarim so'rab!
Umrim shamdek o'chkanda bir kun..
Chidaysanmi qabrimga qarab?

Chidarmisan mingta xurliqo,
Kokil yoyib o'tsa yoningdan.
Mingta pari, mingta dilrabo,
Cho'g' qoyningda! Nomim dilingda..

Chidaysanmi begonalardek,
Xuzuringda bosmasa titroq.
Avvalgidek parvona ko'ngil,
Bo'lsa yiroq...ishqingdan uzooq.

Chidarmisan bahorlaringni,
Mensiz jim-jit.. kuzlarga tutsang.
Oydin kecha, osmonlaringni,
Bir kun to'yib baxridan o'tsam!

O'tsam jami sayyoralaring,
Ishq so'zingni jodu sexridan.
O'tsam umid darvozalaring,
Gul qalbingni ostonasidan!

O'tsam sen deb g'urbatlar aro,
Qurbon bo'lib kulfatlar aro 
Chidaysanmi zulmatlar aro,
Taqdiringni xavolasigaaa..?!

Chidarmisan unutilishga..
Bir umrga yo'qotilishga...?
She'rlarimda armonim bo'lib,
Yig'latishga! Tugatilishga!

Chidaysanmi ket degan so'zing,
Olib ketsa Jannatlar tomon.
Yuzlaringni eslolmay mangu,
Desam endi chin sevgim Xudo!

Chidaysanmi boqmasdan o'tsam,
Yuraklaring yoqmasdan o'tsam?
Gulnozaning she'rlari ichra,
Noming xecham yozilmay qo'ysa?

Chidolmaysan! Senga uvol men,
Menga esa qadri osmon sen!
Poyingda titragan sevgim kulga teng..
Yetar! bass! O'zimga o'zligimni ber!

Chidaysanmi...?
Yo'q chidolmaysan!

Gulnoza Muminova✍️



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ