Baribir Men Seni Sevar Ekanman

Добавлено: 01 Марта 2018

Sensiz ham kunim bor deyar ekanman.
Bilmayin ranjitib qo'yar ekanman.
Tuxmat balosida qoldirgan ey yor.
Baribir men seni sevar ekanman.

Yuragimga xukum o'tkazib bo'lmas.
O'tgan umr gulib tutqazib bo'lmas.
O'lguncha bu dardni ketkazib bo'lmas.
Baribir men seni sevar ekanman.

Gumon farmon qildi ishq uyin buzing.
Yomon bayram qildi har ayro izing.
Otgani o'qing yo'q, ko'rgani ko'zing.
Baribir men seni sevar ekanman.

Ayirib kulmoqda endi o'zgalar.
Jonsizga tig' ursa nima o'zgarar.
Dil axtim o'zgarmas maxsharga qadar.
Baribir men seni sevar ekanman.

Qurigan bog'imiz mevasi qoldi.
Bir so'qqa bosh bitta bevasi qoldi.
Yuragimni yakka egasi qoldi.
Baribir men seni sevar ekanman.



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ