Bahtli Bo'ling

Добавлено: 01 Марта 2018

Nahot sizni bir umrga yo'qotdim,
Buni sezib yurak dod solar.
Xuddi sovuqdek qolgandek qotdim
Ko'zlar kutar "ANA HOZIR KELIB QOLAR".

Ismingiz takror aytganimdan yo'q foyda,
Ketdingiz endi hech kelmassiz.
Sizni bo'larman ko'rgandek har joyda
O'zim bilarman lek siz bilmassiz.

Sog'inch azobini bilsangiz edi,
O'zga bilan ko'z oldimdan o'tarmidingiz.
Yonimda bo'ling desam bir bora
So'zsiz rad etmay birga bo'larmidingiz.

Orzularimda ko'rganim faqat siz,
O'zgalarni hech ham havas qilmasman.
Xayotim mazmuni, ko'zlarim nurisiz
Bunday baxtdan aslo nolimasman.

O'zgani baxtli qilsangiz mayli qiling,
Dunyoda undanda baxtli bo'lmasin.
U sizga kulib boqsa siz ham kuling
Zero sizdan ko'ngli qolmasin.

Menga kelsak bir telba devonaman,
Yurakka buyruq berolmasam netay.
Sizni ko'rolmaslikdan qo'rqan bechoraman
Ayting qanday dardlarim oshkor etay.

Ko'zlarim so'rar bir bor ko'ray deb,
Uzoqdan bo'lsa ham bormi iloji.
Ko'rmasam ham mayli axr yurakku
Borligingiz sezib tinmay urarku....

Dilshoda Xabibullayeva

 



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ