Mexribon onalar uchun she'r

Добавлено: 01 Марта 2018

Shukur senga Olloxim
Bordir mening xayotim
Boshimdagi gul tojim
Udir mening Onajonim


Uyga borsam meni kutgan
Mexrla bag'riga bosgan
Jilmayib yuzimdan o'pgan
Rayxon gulim Onajonim


Jonim bersam arzimas
Bir kun bedor tuninga
Farzandisiz yasholmas
Mening jonim Onajonim
 

Dardkashim, jannatimm
Tarifizga ojiz so'zim
Mening go'zal chamanim
Sizdir mening Onajonim
 

Yuzim bossam yuzizga
Unutaman dardlarim
Qalbiz yaqin qalbimga
Ko'ngli yarim Onajonim
 

Asragin deb bolamni
Yoritgaysiz yo'limni
Tanitgan ul Raxmonni
O'ziz mening Onajonim
 

Afsus yo'lim uzoqdir
Sog'inchlarim azobdir
Ko'zlar sizni izlaydir
Sizni doyim Onajonim
 

Tengiz yo'qdir dunyoda
Umriz bo'lsin ziyoda
Sherik bo'ling baxtimga
Qalbi osmon Onajonim
 

Siz oyimsiz Otam quyosh
Doyim bo'ling bizlarga bosh
Ko'rmasin xech ko'zlariz yosh
Mexri daryo Onajonimm !!!



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ