Ayollar omon bo'lsin (8-Mart uchun she'r)

Добавлено: 01 Марта 2018

Dangillama uylar qurdiradigan, 
Qarsillatib to'ylar qildiradigan 
Erlarining soqolini, 
xar kuni qirdiradigan. 
Ayollar omon bo'lsin! 

Shirin qilar oshingni, 
Zaxar qilar oshingni. 
Tergin deya toshingni. 
Og'ritsa xam boshingni. 
Ayollar omon bo'lsin! 

Aytganini qilsa xam, 
Ustimizdan kulsa xam. 
Begona duxilarni, 
Yuz metrdan bilsa xam. 
Ayollar omon bo'lsin! 

Tur desang o'tirsa xam , 
o'tir desang tursa xam. 
Kun bo'yi pardoz qilib 
Salonlarda yursa xam. 
Ayollar omon bo'lsin! 

Jaxlda shimarsa yeng, 
Naq enamni ko'rdim deng. 
Toqati tog'larga teng. 
Bilagi Alplarga teng. 
Ayollar omon bo'lsin! 

Bozorlarda yugurgan. 
Sandiqlarni to'ldirgan 
Xamma ishga ulgurgan. 
Ayollar omon bo'lsin! 

Quda tanlab qidirgan. 
Suymaganni suydirgan. 
Muqom qilib kuldirgan. 
Kelinini ko'ndirgan. 
Ayollar omon bo'lsin!



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ