Ayol

Добавлено: 01 Марта 2018

Olamda qiyosi yo‘qdir ul zotning, 
Mehr-muhabbati ko‘pdir ul zotning, 
Farzand ila bag‘ri to‘qdir ul zotning, 
Shoirni bulbuldek sayratgan ayol. 
Sevgisin bir guldek yayratgan ayol. 

Oydan kerak emas unga latofat, 
Balki begonadir niholdek qomat, 
Baxtini qasrga tenglagay abad, 
Madhida ming sozni ingratgan ayol, 
Sadoqat kuyini yangratgan ayol. 

Yorining tashvishi unga ne bo‘lar? 
Nozik yelkasida dunyo qayg‘usi. 
Qalbini ranjitsang kulga teng bo‘lar. 
Hatto kechirmoqqa qodir tuyg‘usi. 

Kimlardir atagay makr ahli deb, 
Tuyaning jonini olgay zahri deb, 
Yovuzga atalsin nafrat asli deb, 
Qadrini atayman bahor fasli deb. 
Kulgisi dillarni yayratgan ayol, 
Hayot bulog‘ini qaynatgan ayol. 

Olamga ko‘z ochsang, hamrohingdir u, 
Ona deb so‘z ochsang, panohingdir u, 
Javobi topilmas so‘rog‘ingdir u. 
Unutsang o‘zingni anglatgan ayol, 
Qadringni shohlarga tenglatgan ayol.

Abdulaziz Rustam O'g'li

Izoh Qoldirish
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ