8-mart hazil sher lotin tilida (talabalar uchun)

Добавлено: 01 Марта 2018

Sakkizinchi mart bugun 
Qizlarimiz bayrami. 
Yigitlarchi? deysizmi? 
Pulsiz bayram bayrammi? 

14-yanvarda sizlardan 
Rosa sovg'a olganmiz. 
Shu tufayli qizlardan 
Qarzdor bo'lib qolganmiz. 

Stipendiyaga uch kun bor 
Uydan pul ham kelmadi. 
Lekin pulim yo'qligini, 
U go'zal qiz bilmadi. 

Bir amallab qutildim. 
Bitta qizil gul bilan! 
Shunday qilib hayrlashdim, 
Qarzga olgan pul bilan! 



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ