Siz qanday texnikaga o'xshaysiz

Добавлено: 29 Ноября 2020
Arslon 23.07-23.08
Siz changyutkichsiz. Siz dunyoning barcha ovozlarini eshitmaydigan qilib qo'ya olasiz, siz bilan taqqoslaganda qolgan hamma narsa eshtilmaydi va eytibordan holidir. Ichingizga tortayotgan kuchli havo yordamida istalgan ahlatni tozalay olasiz, ichingizdan chiqayotgan havo kuchi bilan esa dunyoni istalgan ranglarga bo'yashingiz mumkin. Siz quvvat manbaisiz, siz ko'p narsani aylantirvorishingiz mumkin, hatto keraksizlarni ham. Xamma ishga birday kuch sarflaysiz, u hoh to'nog'ichday, hoh katta shkafday bo'lsin. Agar shkafni ichingizga torta olmasangiz hafa bo'lmang, o'ylab ko'ring, u sizga rostdan ham kerakmikin?


Chayon 24.10-22.11
Siz kombaynsiz. Xamma narsani bir onda parchalab yuborishi mumkin, betondan tashqari albatta, bunga qarshi kurashish esa bekordir. Xamma narsaga “tishingiz” o'tadi. Siz dunyo ustidan hukmronlik qilishni hohlaysiz, ammo bilasiz, bunga erishish oson emas. Dunyo shunday qurilgan nimanidir qurish yo'lida nimanidir buzish kerak, qurish esa sizning ikkinchi hislatingizdir, siz chiqargan mahsulotlardan taom tayyorlanadi.

Qovg'a 21.01-18.02
Siz kir yuvadigan mashinasiz. Unga suv quyishgani uchun emas, sizga buyurilgan vazifani jiddiy qabul qilib uni so'nggigacha puhta amalga oshirasiz. Bunday faolligingizni faqat qattiq mato ko'tara oladi, yupqa, yumshoqroq matolarni esa chiritib, sitib ipini chiqarib yuborishingiz mumkin. O'zingizdagi quvvatni biroz meyyorga solishga harakat qiling. Xammasi aslida toza, siz esa uni hali ham yuvayotgan bo'lishingiz mumkin. Kerakli dastur bo'yicha ishlashga harakat qiling, kerak bo'lganda qisqa va nozik mato uchun dasturini qo'llang...

Qisqichbaqa 22.06-22.07
Siz gaz plitasiz. Bo'lgandayam judayam yahshisi. Xammani ovqatlantirasiz, hamma narsaga qizishasiz, har bir odamga g'amho'rlik qilasiz, atrofdagilar ham atrofingizda girdikapalakdir. Sizdan issiqlik va ko'ngilchanlik taraladi. Ammo bayzi paytlarda o'zingizga “Namuncha qayg'urmasang, o'zing uchun qachon yashaysan?” deb savol berasiz. Va shu ondayoq o'zingizga javob berasiz “Men plitaman, mening vazifam hammani isitish, hamma uchun qayg'urish, mening toleyimga doimo ho'jalikda bo'lish yozilgan”. Aslida hammasi unchalik yomon emas, shunchaki biroz olovni pasaytiring, bu o'zingizga ham atrofingizdagilarga ham foydali bo'ladi.

Tog' echkisi 22.12-20.01
Siz muzlatkichsiz. Nafaqat oshhona balki butun uyning muhim odami. Muzlatkich bo'lishingizga qaramay, ko'ngilni isitasiz. Jim yurib, jiddiylik saqlaydigan, sizga qarab ichingizda nima ekanligini anglash qiyin. Ichingizda esa shirin yoki achigan mahsulot va yoki umuman bo'shlik bo'lishi mumkin. Bunda Karlson mul'tfil'm qahramonining falsafiy fikrlari o'rinli “Bu erga o'zingiz narsa qo'ymasangiz, hech qachon hech nima bo'lmaydi” Bu gap sizning ruhiyatingizga ham tegishli.

Tarozi 24.09-23.10
Siz magnitolasiz. Tarozi ko'rsatkichi bir hil vazn ko'rsatishdan zerikkanida FM- stantsiyalari bo'ylab sayr qiladi. Sizning diapazoningizda qancha his, hayollar, kuylar mavjud. Ammo bir stantsiyani tanlash qanchalik qiyinchilik tug'diradi. Ammo bittasini tanlashingiz shart, sababi chastotalar orasida yurganingiz juda yomon shovqin bilan kuzatiladi. Bir tarafdan o'ylab qarasak, yahshi kuy eshitish uchun besh daqiqa shovqin eshitishga ham tayyor turadi kishi. Sizni yahshi ko'rishadi, siz bilan har doim yorqinlik va aniqlik, quvonch hamroh bo'ladi. Sizning oldingizda zerikish ham maroqli.

Egizaklar 22.05-21.06
Siz komp'yutersiz. Bo'lganda ham to'liq komplektatsiyali protsessoringiz aqlli, monitoringiz aniq. Siz o'zingizga qiyin ahborotni sig'dirib, uni tahlil qila olasiz. Ammo komp'yuter to'plamingizda sichqoncha etishmaydi. Sichqonchasiz komp'yuter esa – qimmatbaho tizim bo'lsa ham undan foydalanishning imkoni yo'q. Sichqoncha bu komp'yuterga yo'ldir. Duch kelgan sichqonchadan foydalanmang, tanlayotganda g'oyat nozik boshqariladiganini tanlang.

O'qotar 23.11-21.12
Siz televizorsiz. Faqatgina yorug'lik taratib turganingiz uchungina emas. Asosiysi siz atrofdagilar bilan ichingizdagi boringizni bo'lishasiz. O'zingizni odamlarga bahsh etasiz. Ammo to'g'ri aytishadi, odamlarga yahshilik qilmang, yomonlik ko'rmaysiz. Odamlar sizni yomonliklar manbai deb hisoblashlari mumkin. Siz ularga dunyoda nima bo'layotganini aytib bersangiz, odamlar ko'rsatgan narsalaringizni o'zingiz qilayapsiz deb o'ylashlari mumkin. Kim haq kim nohaqligi sizgagina 

Parizod 24.08-23.09
Siz videokamerasiz. Siz atrofingizdagi dunyoga diqqat bilan nazar solasiz, hamma narsani sezib, yozib olasiz va raqamli montaj qilingan tarzda qaytarib berasiz. Xa, bu juda aqlli tehnika, ammo u faqat nimanidir yozib olish uchun kerak emas. Videokamerada ham hissiyotlarni bilguvchi funktsiyalari mavjud bo'ladi hamda haqiqatni yahshi-yomon tomonga birday o'gira oladi. Shunday odamlar borki, videokamera ularni umuman chiroyli inson sifatida ko'rgisi va suratga tushirgisi kelmaydi, ammo bundan mustasnolari ham bor, aynan ular juda bahtlidir. Kamera kimnidir yoqtirib qolsa uni yulduzga aylantirishi turgan gap.

Buzoq 21.04-21.05
Siz choynaksiz. Agar bu jihozli bashorat bo'lganida sizni divanga o'hshatish mumkin bo'lardi, doim suyansa bo'ladigan insonsiz. Ammo tehnikadan choynaksiz, yomon o'ylamang, bizning taybirimizda bu juda obro'li uskuna. Siz samovar kabi doimo dasturhon to'ridasiz, qolganlar sizning atrofingizda. Bir kunda har bir odam ko'p martalab choy ichishga ehtiyoji tug'iladi va barcha sizga murojat qiladi. Xammaning piyolasi bo'm-bo'sh siz esa ularni to'ldirish bilan ovorasiz. Albatta siz suvni qizg'anmaysiz, ammo bayzida ichingizdagi suv uchun ham qayg'uring, suvsiz choynakning spirallari kuyib qoladi.

Baliq 19.02-20.03
Siz mobil' telefonsiz. Siz huddi mobil' telefon singari bir qarashda tinchsiz, hech kimga zararingiz tegmaydi. Bir burchakda jiiim yotasiz, ammo siz orqali telefon qilishni boshlashlari bilanoq, siz o'zingizdan kerakli va keraksiz ahborotlarni o'tkaza boshlaysiz. Ammo telefon bo'lganingiz uchun siz kim bilan gaplashishni o'zingiz tanlay olmaysiz. Siz ham tezda quvvatingiz pasayib, akkumlyatoringiz quvvat olishga muhtoj bo'ladi. Ammo siz mobil' telefonlar singari kun sayin zamonaviylashib borasiz va har bir yangi hayot jarayoniga yangi model' bo'lib kirib borasiz.

Qo'y 21.03-20.04
Siz dazmolsiz. Chetdan qaraganda hamma ishlaringiz silliq ketayotganday tuyuladi. Ammo bu silliqlikni amalga oshirish uchun qancha qizishganingiz faqatgina o'zingizga maylum. Xar qanday g'ijim, ko'rimsiz ishni silliqlash uchun sarflagan maqsadingiz va tirishqoqligingizga havas qilsa arziydi. Xar qanday ish siz qo'shilganingizda albatta tartibga tushadi. Agar sizga o'hshagan silliqlovchilar ko'paysa bu dunyoda yashash ancha osonlashgan bo'lar edi.

Izoh Qoldirish
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ