Показать меню
O'ylab ko'rdingizmi? 2018 yil 7 iyul kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?



QO'Y (21. 03 — 20. 04)
7 iyul kuni oila qurishga ulgurmaganlar hayotida quvonchli lahzalar sodir bo'lishi kutiladi. Siz bo'lg'usi juftingizni tasodifan uchratib, u bilan tanishish baxtiga muyassar bo'lasiz. Bu uchrashuv oila va farzandlar masalasidagi tasavvurlaringizni ijobiy tarafga o'zgartirib yuborishi tayin. Bugun uy ta'miri, yangi uyga ko'chib o'tish va dala hovlida dam olish maroqli kechadi. Do'stlarni taklif qiling, dildan suhbatlashing. Bularning barchasi salomatligingizni tiklashda ham albatta asqotadi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yaqin insoningiz bilan munosabatlarda ba'zi muammolar yuzaga kelishi mumkin. Oddiy bahslashuvdan boshlangan suhbat oqibatda katta janjalga aylanib ketishi hech gap emas. Shunday ekan, har bir gapingizni o'ylab gapirishingiz, yon berish masalasiga e'tibor qaratishingiz lozim bo'ladi. Kechqurun ba'zilarni xizmat safariga yuborishlari mumkin. Safar sizga hayotni yanada teranroq anglashingizda yordam beradi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Uxlashga yotishdan oldin sut yoki qatiq ichib yoting, tushlaringiz ravshan tortadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
7 iyul kuni yaqin o'tmishda yo'l qo'ygan xatolarni, o'ylamay bosib qo'ygan qadamlarning tub sabablarini yodga oling. Birovni ayblash oson, ammo bugun o'sha mavzuda bosh qotirib, haqiqatni anglashga harakat qiling. Do'konlarni, bozorlarni aylanishda sergaklikni qo'ldan bermang. Kissavurlar nazariga tushib qolishingiz xavfi bor. Ko'ngilsiz xayollardan chalg'ishingizda yoga, sevimli xobbingiz bilan mashg'ul bo'lish amallari katta yordam beradi. Bugun rassomlarning oshig'i olchi bo'ladi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Muammolar, qiyinchiliklar qanday ko'rinishda bo'lmasin, baribir ular qarshisida bosh egmang. Hayotda hal etib bo'lmaydigan muammo, yengib o'tib bo'lmaydigan to'siqning o'zi yo'q. Faqat vaziyatni to'g'ri tahlil qila olsangiz bas. Moliyaviy masalada omad siz tomonda. Shunday ekan, sira qayg'uga botmay, olg'a qadam tashlayvering. Basharti nimalarnidir xarid qilishingizga ehtiyoj tug'ilsa, eng muhimlarini tanlang. Har holda tejog'lik ish bejog'lik degan gaplar bor. Salomatligingizdan ham bugun shikoyatingiz bo'lmaydi. Lekin plyajda cho'milish, quyosh tig'ida uzoq vaqt qolib ketishingiz tavsiya etilmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
7 iyul kuni Arslon burjida tavallud topganlarni jiddiy muammolar kutib turadi. Bu muammolarni ijobiy hal etish uchun urinishda ruhiy holatingizga rostakam ziyon yetishi mumkin. Lekin ortga chekinmang. Ilgari bunday mushkulotlardan qanday xalos bo'lganingiz haqida eslang. Optimistlarcha yo'l tuting. Ishingiz shunda albatta baroridan kela boshlaydi. Pul sarflash bobida sira ikkilanmang. Pullaringiz yetarli. Hatto brilliant, olmoslar sotib olishingizga ham yetib ortadi inshoolloh. Faqat salomatligingizni juda ehtiyot qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Bugun xarajat qilishdan oldin o'zingizni shu masalaga ruhan tayyorlab oling. Aks holda keyin afsuslanib o'tirishingiz foyda bermaydi. Hayotiy tajribangizga qattiqroq suyangan holda ish yuriting. Oilali do'stlarimizning shaxsiy hayotida yoqimli tanaffuslar paydo bo'lishi mumkin. Siz nihoyat juftingiz bilan orangizdagi achchiq-tirsiqlarga yakun yasaysiz. Juftingizga jilmayishlar hadya etishdan tiyilmang. Haqiqat baribir siz tomonda bo'ladi. Surunkali xastalikka duchor bo'lganlar salomatligi haqida qattiqroq qayg'urishlari zarur.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
7 iyul kuni yaqin insonlaringizga nisbatan o'ta talabchan bo'lmang. Hatto, juftingizni o'z xarakteringiz yetagiga olishdan tiyiling. Shirinsuxan bo'ling, keng ko'ngil egasiga aylaning. Prinsiplaringizdan voz keching. Juda bo'lmasa, bolalikdagi hayotingizni yodga oling. U sizni to'g'ri yo'lga solib qo'ya biladi. Ishga ijodiy yondashsangiz, albatta muvaffaqiyat siz tomonda bo'ladi. Moddiy jihatdan ham kamchiligingiz bo'lmaydi. Pulingiz yetarli, kayfiyatingiz a'lo bo'ladi xudo xohlasa.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun nafaqat ishda, balki muhabbatda ham haqiqiy yaratuvchiga aylanishingiz talab etiladi. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingiz sizdan noan'anaviy, noodatiy takalluflarni kutadi. Ha, hadeb pul, ish, mavqe haqida o'ylayvermay, romantika masalasiga ham mundoq e'tibor berib qo'ysangiz yomon bo'lmaydi albatta. Kechqurun kutilmagan sovg'a qilsangiz ham suyukli insoningiz bir qop semirardi. Ba'zi do'stlarimiz kechqurun favqulodda safarga otlanishlari mumkin.

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)
7 iyul kuni barchaga, qo'ni-qo'shnidan tortib, qarindosh-u hamkasblargacha nimaga qodirligingizni boshni baland ko'targan holda namoyish eting. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda artistlarcha ayyorlik sizga bugun juda asqotadi. Oshig'ingiz olchi bo'ladi. Shaxsiy hayotda tajribasi o'zingiznikidan ko'proq qarindoshlarga quloq tuting. Shunda sizga ham albatta omad kulib boqadi. Bugun uxlab ko'radigan tushingiz o'ngidan kelish ehtimoli yaqin. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

TOG' EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ish joyingizda muhit va «ob-havo» o'zgarishi kutiladi. Mayda-chuyda muammolar qalashib yotishiga qaramay, ishlaringiz baribir baroridan kelishda davom etaveradi. Faqat harakatda adashmasangiz bas. Bugun safarga chiqish, tadbirkorlar uchun yangi shartnomalar imzolash amallari xayrli kechadi. Kechqurun aksariyat do'stlarimizning xonadonida oilaviy bayram kuzatilishi mumkin. Unda siz yetakchilik qilasiz. Yaxshi dam oling.

QOVG'A (21. 01 — 19. 02)
7 iyul kuni ish joyingizda hamkasblarga barcha bilim va tajribangizni namoyish etishga haqlisiz. Bu sizga qo'shimcha obro' va muvaffaqiyatlar baxsh etadi. Ishxonadagi rahbariyat qarshisida ham hurmatingiz oshadi. Moliyaviy masalada g'alabalarga erishish uchun bugungi kun u qadar to'g'ri kelmasligi mumkin. Ammo kim lotereya chiptasi sotib olgan bo'lsa, bugundan katta yutuqni kutsa yarashadi. Omad sizni bag'riga olay deb turibdi. Ayollar va qizlarga bugun go'zallik saloniga borish, tashqi ko'rinishini tartibga keltirish muvaffaqiyat taqdim etadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Qaerga bormang, nima ishga qo'l urmang, omadingiz chopa boshlashiga o'zingiz guvoh bo'lasiz. Qalbingizni bo'lmag'ur tuyg'ular bugun chirmab olmaydi. Hech kim bilan bahslashmaysiz, janjallashmaysiz. Xizmat safariga otlanishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Bu safar sizga moliyaviy to'kinlik olib keladi. Yirik xaridlardan keskin yuz buring. Salomatlikni mustahkamlashga alohida e'tibor qarating.

Xushvaqt bo'ling!
Hammavaqt bo'ling!


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD