Yashash va qurishga ko‘maklashadi: Google’dan 10 ta foydali funksiyalar

Добавлено: 24 Января 2020

Bu korporatsiyani “Katta aka” deb bekorga aytishmaydi, uning foydali va ijodiy takliflari go‘yo qanot beradi, ilhomlantiradi. 
 
Google dam olishga ko‘maklashishi, o‘qish va ishda yordam berishi, hatto, kundalik hayotda ayrim vazifalarni ham bajarishi mumkin. Bu har kim ham foydalana oladigan oddiy ilova va funksiyalar orqali amalga oshiriladi. 

Iks-nol 
Agar zerikkan bo‘lsangiz, Google’ning “Izlash” bo‘limi orqali  “Tic-tac-toe”ni toping. Keyin nima bo‘ladi? Oddiy va ajoyib o‘yinga ega bo‘lasiz. Iks-nol (“krestiki-noliki”) deb ataluvchi bu o‘yin zerikishni bartaraf qilib, dam olish imkonini beradi. 
 
Allo
Allo chatining funksiyalari ko‘p – do‘stlar bilan xabar almashish, kulgili stikerlardan foydalanish mumkin. Eng qulay tomoni zarur axborotni tizimdan qidirib topish uchun foydali yordamchi xizmatingizga shay turadi.  
Allo – a’lo darajadagi messenjer va yordamchi.
 
Izlashning juda qulayligi  
Android tizimli smartfonlar o‘ylaganingizdan ham ko‘proq axborotlarni taqdim qilishi mumkin. Masalan, agar smartfon ekranida sizga noma’lum yoki tushunarsiz narsa aks etgan bo‘lsa, markaziy tugmachani bosib ozgina ushlab turilsa, kifoya. Google’ning o‘zi u haqdagi ma’lumotlarni izlab topadi va dolzarb ilovalarni ko‘rsatadi.   
 
Budilnik – uyg‘otgich 
Maxsus ilovalarni olishga erinyapsizmi?  Buning ham yechimi bor: izlash bo‘limiga shunchaki  “timer” deb yozib qo‘ying.  Tizimning o‘zi budilnik yoki sekundomerni topadi. Faqat vaqtni belgilash lozim bo‘ladi, xolos.   
 
Tarjima
Google Translate bechora o‘z hayoti davomida nimalarni ko‘rmagan deysiz! Uning AliExpressdagi muvaffaqiyatlari – tarjimalari uchun minnatdor bo‘lishimiz lozim. U bizga hamon o‘rgatishda davom etmoqda.    
Translate yordamida fayllardan matnlarni tarjima qilish mumkin. Yoki matn mikrofonga o‘qilib, tarjima qilish so‘ralsa ham bo‘ladi. Smartfon kamerasi orqali ham tarjima qilish mumkin – kamera ochiladi va zarur matnga yo‘naltiriladi. Tarjima bir zumda tayyor.    
Google Translate – chet tillaridagi ma’lumot zarur bo‘lganlar uchun beminnat va bebaho yordamchi.  

Eslatmalar
Google Keep – shaxsiy ishlaringizni tashkil qilish uchun eslatmalarni saqlovchi oddiy ilova. To‘g‘ri, u bu sohadagi “mukammal”lar darajasiga yetmagan. Biroq qulay va bepul. Har qanday eslatmani yorqin ranglarda saqlash mumkin. Shuningdek, brauzerdagi boshqa zarur ilovalarni ham tez saqlab qoladi. Ilovalar boshqa dasturlar bilan yengil sinxronlasha oladi. 
 
O‘ziga xos harflar
Agar o‘ziga xos harflarga va yozuvlarga ega bo‘lishni istasangiz Google Fonts ilovasidan foydalaning. Unda eng yaxshi shriftlarning katta kutubxonasi mavjud. 
 
Ajoyib dunyo 
Agar siz ko‘p sayohat qiluvchilardan bo‘lsangiz, ko‘rganlaringizni suratga olishda va boshqalar bilan o‘rtoqlashishda Panoramio xizmatidan foydalanishingiz  mumkin.  
Agar uyda o‘tirib, dunyoni ko‘rishni istasangiz ham bu xizmat aynan siz uchun: uning yordamida bir lahzada dunyoning istalgan burchagiga borish va go‘zallikdan bahra olish, boshqalarning suratlarini tomosha qilish mumkin.    
 
Musiqa  
Google Sound Search sevimli musiqalaringizni qidirib topish uchun xizmat qiladi. Hatto, xayolingizdagi kuyni “taqillatib” chalib bersangiz ham, darrov aslini muhayyo qiladi.

Abadiy san’at 
San’at asarlaridan bahra olish, mashhur rassomlarning ijod namunalarini tomosha qilish uchun Google Art Project dasturidan qulayrog‘i topilmaydi. Buyruq bersangiz bas, so‘ragan asaringizni muhayyo qiladi. 
  
Koinotni tomosha qilish
Google Sky – Google Maps’ning analogi. Bu xaritani yaratishda mutaxassislar, astronomlar ishtirok etishgan. Koinot manzaralarini istalgan vaqtda, bemalol va bepul tomosha qilish mumkin.
Idora xizmatchisi uchun taqqoslash, tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Gohida turli ko‘rinishlardagi o‘nlab ko‘rsatkichlarni taqqoslashda murakkabliklar paydo bo‘ladi. Ana shunday paytlarda Google’ning virtual “miya”si yordamga keladi. U masalan, marketologlar uchun nafaqat yangi xabarlarni, balki iste’molchilarning qiziqishlarini, sotuv bo‘yicha o‘ziga xos g‘oyalarni, mehnatni yengillashtirish uchun turli yechimlarni ham taqdim etadi.

117

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ