Wi-Fi tarmog‘i shaxsiy ma’lumotlaringiz uchun xavf tug‘dirishi mumkin. Qanday qilib, deysizmi?

Добавлено: 01 Июля 2020 Источник: xabardor.uz

Insonlar ulanuvchi korporativ tarmoqlardan tashqari, har qanday Wi-Fi xavf tug‘dirishi mumkin. Hattoki, eng qiyin parolning mavjudligi ham tarmoqning xavfsizligini oshirmaydi, deydi ANO “Raqamli platforma”ning bosh direktori Arseniy Shelsin.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Wi-Fi tarqatuvchi routerga u orqali o‘tuvchi butun kontentni skaner qilib olishi mumkin bo‘lgan zararli dasturlar yoki ilovalarni yuklab olish mumkin ekan. Shu orqali xakerlar saytlarni o‘zgartirishi, shaxsiy ma’lumotlar, login, parol va hattoki, shaxsiy fayllarni ham ko‘chirib olishi mumkin. Bundan tashqari, router gadjetda muayyan kontent chaqirishi ham mumkin. Masalan, internetga ommaviy tarmoq orqali kirish sahifasini davlat xizmatlari yoki shunga o‘xshash boshqa bir saytlar bilan almashtirib qo‘yishlari mumkin. Foydalanuvchi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini mana shunday saytga kiritishi vaqtida ular yovuz niyatli foydalanuvchiga aylanib qolishadi

“Yovuz niyatlilarning qurboniga aylanganligingizni payqash juda qiyin. Shu sabab, bunday masalalar xakerlar uchun birinchi o‘rindagi masala sanaladi. Ular shunday qilishi mumkinki, siz hatto o‘rtaga xakerlar aralashganini sezmay ham qolasiz. Ya’ni, barcha xakercha hujumlarni siz bilmaysiz. Tarmog‘ingizni “buzishganligini” esa sizning ma’lumotlaringiz boshqa bir yerda foydalanilayotganini bilganingizdagina anglab yetishingiz mumkin”, deydi Shelsin.

236

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ