Telegram GIF-animatsiyalar qidirish tizimini o‘zgartirdi

Добавлено: 01 Июля 2020 Источник: xabardor.uz

Telegram ishlab chiqaruvchilari messenjerda GIF-animatsiyalarni qidirish xizmatini o‘zgartirdi. Endi GIF’larni Tenor animatsiyalar tizimi va ma’lumotlar bazasidan qidirish mumkin bo‘ladi. Tenor kutubxonasi Twitter, Facebook Messenger, WhatsApp, Discord, LinkedIn va bir qator shunday xizmat turilarida foydalaniladi. Endi ular qatoriga Telegram ham qo‘shildi.

Ma’lumot o‘rnida
Tenor GIF-animatsiyalar qidirish uchun mo‘ljallangan amerikancha startap hisoblanadi. 2018-yil ushbu xizmatni Google sotib olgan. Biroq shunga qaramay ham Tenor alohida mustaqil kompaniya sifatida ishlashda davom etgan. Uning oylik auditoriyasi 12 mlrd.dan ortiq so‘rovlar qiluvchi 300 mln.dan ziyod foydalanuvchidan tashkil topgan.    

232

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ