Просмотр статей
Sud Telegram'ni Rossiyada bloklashga ruxsat berdi


Moskvaning Taganka sudi 13 aprel kuni Roskomnadzorning Telegram messenjerini bloklab qo'yish bo'yicha talabini qanoatlantirdi. Bu servis FXXga foydalanuvchilar yozishmalarini shifrlash imkonini beruvchi kalitlar taqdim etilmagani uchun yuz berdi, deb yozmoqda VC.ru.
Arizani ko'rib chiqish 18 daqiqa vaqtni olgan. Sudya Yuliya Smolina Roskomnadzor va FXX vakillari pozitsiyasini eshitgan – ular Telegram “Axborot to'g'risida”gi federal qonunni buzayotganini ma`lum qilishdi. U ma`lumot tarqatuvchi tashkilotlarga maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilish majburiyatini yuklaydi.
“Telegram’da tarqatilayotgan axborotlarda ekstremizm, terrorizm bo'lishi mumkin, hamda ular Rossiya va barcha fuqarolarga, jumladan messenjer foydalanuvchilarga tahdid tug'diradi”, - deya aytib o'tgan Roskomnadzor vakili.
FXXdan ishontirishlaricha, kalitlarni ham, ularni nega berish mumkin emasligi borasidagi ma`lumotni ham olishmagan. 

Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.

Оставить комментарий
Имя:
Email:
Код:
Ниже рекламы

Мы принимаем рекламу. 70 000 тыс. Сумов за один месяц
Мы в социальных сетях: