Telegram: 2020-yildagi ilk yangilanishda nimalar o‘zgardi?

Добавлено: 24 Января 2020

23-yanvarda Telegramning yangilangan ko‘rinishi chiqdi. Bu haqida kompaniya blogida e’lon qilishdi
2020-yildagi yangilanishlar, asosan so‘rovnomalar bilan bog‘liq, ammo boshqa o‘zgarishlar ham mavjud. 
 
So‘rovnomalar
Ommaviy so‘rovnomalar

Endi guruhning hamma ishtirokchilari kim qaysi variantga ovoz berganini ko‘ra oladigan so‘rovnomalar yaratishi mumkin. Bunday funksiya yondosh dasturlar (masalan, @votebot)da bor bo‘lib, ammo Telegramning o‘zida barcha so‘rovnomalar anonim edi. Ular hech qayerga yo‘qolgani yo‘q. 
 
Bir nechta javob 

Avvallari so‘rovnomalarda faqatgina bitta javob tanlash imkoni bor edi, hozir esa bir nechtasini tanlasa ham bo‘ladi. 
 
Viktorina rejimi 

So‘rovnomalarning endi viktorina rejimi ham mavjud. Bunday so‘rovnomalarning yagona to‘g‘ri javobi bo‘ladi va oddiy o‘yinlar, hatto davlat imtihonlarida ham qo‘llanilishi mumkin. 
 
API boti va Quiz Bot 

So‘rovnomalarning barcha yangi tiplari Bot API’ning yangilangan ko‘rinishida mavjud. Quiz Bot paydo bo‘ldi – u bir necha savolli testlar yaratish va ularni do‘stlaringizga ulashish imkonini beradi. Uning yordamida, shuningdek, savollarga matn yoki fotosuratlar qo‘shishingiz mumkin. Bu qanday ishlashiga misol. 
 
Xabarlarning burchaklari 

Dastur yangi vizual sozlamalarga ega bo‘ldi. Telegramdagi xabarlar juda burchakli (yoki aylana, platformaga bog‘liq ravishda) tuyulsa, tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish mumkin. 
 
Androidga yuklash progressining indikatori 

Endi Android foydalanuvchilari fayllarni yuklash yoki jo‘natishda progressning aniq raqamlarini ko‘ra oladi.  

104

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ