Tatib ko’rishga arziydigan dunyodagi eng mazali pishloqlar

Добавлено: 01 Декабря 2020 Источник: odam.uz
Pishloq butun dunyo bo'ylab ko'plab odamlarning fikrlarini zabt etishga ulgurdi.
Taom bilanmi yoki alohida bo’lsin, pishloq - bu inson qo'li bilan ixtiro qilgan ajoyib yegulik ekanligini tan olmay ilojimiz yo’q!
Quyida eng totli pishloqlarning 10 taligini keltirib o’tganmiz. Marhamat, ular bilan tanishing!

1. Parmezan - qattiq, mo'rt, chuchuk tamli

Uni eng yaxshisi ingichka tilimga kesib olish kerak. Nok va grek yong’oqi bilan iste’mol qilish ayni muddao bo’ladi. Parmezan makaron, risotto, omletlarga qo'shiladi. n100 g o'rtacha 392 Kkal ni o'z ichiga oladi.

2. Bri - qadimgi fransuz pishlog’i

Shohona pishloq. Uning ta'mi, pishib yetish naviga, muddatiga qarab, qo'ziqorinlardan mevalarga qadar uyg’unlashuviga farq qiladi. Meva va bri eng yaxshi kombinatsiyadir. 100 g pishloq o'rtacha 330 Kkalni tashkil qiladi.

3. Cambotsola (Cambozola) - ishlab chiqaruvchilari fransuz yumshoq pishloqlari va italiyalik Gorgortsola xususiyatlarini birlashtirishga muvaffaq bo'lgan nemis mog'orlangan sigir pishlog’i.

Mazasi  Camembertga o'xshaydi, ammo mog'or qo'shilishi tufayli u yanada to’yingan va chuchukdir. Ushbu pishloqni mevalar (masalan,qovun, uzum yoki nok) bilan yeyish juda ajoyib natija beradi.

Cambazola pishlog’ining nozik ta'mini to'liq anglash uchun uning hidini to'liq ochib berishingiz kerak. Buning uchun pishloqni dasturxonga tortishdan yarim soat oldin tarelkaga solib qo’ying. 100 g pishloq o'rtacha 427 Kkalni o'z ichiga oladi.

4. Mascarpone - bu krem ​​va yogurtga o'xshash boy ta'mga ega italyan kremli pishlog’i. 100 g pishloq o'rtacha 453 Kkalni o'zichiga oladi.

5. Kamamber - bu sigir sutidan tayyorlangan yumshoq pishloq.

Bri va Kamamber o'xshash bo’ladi, ammo bri ozgina yog'li. O'rtacha 100 g tarkibida taxminan 300 Kkal mavjud.

6.Moviy Do'r - nemis ko'k pishlog’i.

Ushbu pishloq yong'oq va uzum bilan iste'mol qilinadi. Agar siz bir vaqtning o'zida bir nechta pishloq turini iste'mol qilsangiz, bu turini eng oxirida iste’mol qilishga qoldirganingiz ma’qul. 100 g pishloq o'rtacha 354 Kkalni o'z ichiga oladi.

7. Gorgonzola (Gorgonzola) - o'ziga xos chuchuk ta'mi bilan ajralib turadigan eng taniqli italyan pishloqlaridan biri.

Ushbu pishloq yoqimli ta'mga, nozik va engil yong'oq hidiga ega. 100 g pishloq o'rtacha 358 Kkalni tashkil qiladi.

8. Mozzarella . Ushbu pishloq pomidor, rayhon va zaytun moyi bilan yaxshi mos keladi. Yana bir oz qora qalampir qo'shishingiz mumkin. 100 g pishloq o'rtacha 250 Kkal ni o'z ichiga oladi.

9. Rokfor -mashhur fransuz ko'katli pishlog’i. Rokfor vinolarga yaxshi mos keladi. 100 g pishloq o'rtacha 335 Kkalni o'z ichiga oladi.

10. Tete de Moine - eksklyuziv shveytsariya pishlog’i

Fransuz tilidan tarjima qilinganida uning nomi "rohibning boshi" degan ma'noni anglatadi. Tete de Moine faqat yoz oylarida olinadigan sigir sutidan tayyorlanadi.

Uch oy davomida pishib yetiladi. Tayyor pishloq kesilgan joyida bir xil va zich tuzilishga ega. U juda kuchli hidga va aniq ta'mga ega. Oq sharob bilan yaxshi ketadi. 100 g pishloq o'rtacha 410 Kkalni o'z ichiga oladi.

Izoh Qoldirish
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ