Sun’iy go‘sht, yeyiladigan o‘ram: Kelajakning taomi qanday bo‘ladi?

Добавлено: 24 Января 2020

Ozuqaviy rivojlanish bir joyda to‘xtab turgani yo‘q – zamonaviy mahsulotlarni bir necha o‘n yil avval tasavvur qilib bo‘lmas edi. Olimlar va diyetologlar hozir shok uyg‘otadigan, kelajakda ehtimol normaga aylanadigan ozuqalarni yaratishda davom etmoqda. 
 
Laboratoriya go‘shti 

Sun’iy go‘sht fermer xo‘jaliklari mahsulotlarining o‘rnini bosuvchi va ekologiyani asrashga yordam beruvchi mahsulot sifatida taqdim etilmoqda. Laboratoriya ovqatiga o‘tish issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish va yovvoyi hayvonlarning haddan ortiq so‘yilishiga chek qo‘yish imkonini beradi. Masalan, Memphis Meats kompaniyasi og‘riqsiz biopsiya yordamida olingan hayvonlarning asos hujayralaridan tayyorlanuvchi sun’iy frikadelkalar ishlab chiqarmoqda. Narxi qimmatligi uchun mahsulot hali ommalashmadi: 450 gramm go‘shtni tayyorlash uchun 2400 Ash dollari sarflanadi. 
 
Sun’iy baliq 

Surimidan qisqichbaqa va krevetkalar imitatsiyasini istalgan supermarketdan topish mumkin. Olimlar yana-da ilgarilab ketishdi va laboratoriyada faqat go‘sht emas, balki dengiz mahsulotlarini ham yetishtirish mumkinligiga qaror qilishdi. Touro kollejining biologlar guruhi molning embrional zardobiga tilla baliqning muskul to‘qimasini kiritib, baliq filesini olishdi. New Wave Foods kompaniyasi mutaxassislari esa suvo‘tlaridan krevetkalar yaratishdi. Kelajakda ishlab chiqaruvchilar sun’iy krab va lobsterni yaratishni rejalashtirmoqda. 
 
3D printerdan olingan ovqat 

3D-printer uchun nafaqat plastik yoki metal, balki mahsulotlar ham material bo‘la oladi. Gollandiyalik dizayner Xloya Rutzerveld ovqat, bog‘dorchilik va 3D-texnologiyalarini birlashtirishni taklif qiladi. Masalan, pirojnoyening ustki qavatini xamirdan chop etish, ichiga esa yeyiladigan tuproq va urug‘lar solish mumkin. Bir necha kundan keyin ular yoriqlardan o‘sib chiqadi. Bugun ushbu g‘oya dizayni va amalga oshuvi rivojlanish bosqichida.  
 
Yeyiladigan hasharotlar 

BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisobotiga ko‘ra 2 mlrd odam har kuni hasharot yeydi. Ta’kidlashlaricha, bunday o‘ziga xos taom ta’miga ko‘ra araxis moyi, baliq va olma ta’mini eslatadi. Odamlar sutemizuvchilarni emas, chigirtkalarni ko‘proq iste’mol qilsa, bu ekologiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonadi BMT. Olimlarning ma’lum qilishicha, hasharotlar yog‘lar, vitaminlar, kletchatka va oqsillarga boy. 
 
Havodan qilingan suvo‘tlari 

Dengiz karami va spirulina bilan hech kimni ajablantirib bo‘lmaydi, ammo shaxsiy suvo‘tlarini yetishtirishga nima deysiz? Kashfiyotchilar Maykl Berton va Michiko Nitta maxsus niqob o‘ylab topishdi, uni kiygach, odam karbonat angidrid ishlab chiqaradi. Taqdiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, ba’zi suvo‘tlari juda to‘yimli bo‘lib, foydali moddalarning katta zaxirasiga ega, jumladan Omega-3 yog‘ kislotlarining ham. 
 
Yeyiladigan o‘ram 

O‘g‘itli paketlar plastik paketlarga raqobatbardosh bo‘lolmaydi. Shuning uchun dunyo ozuqani saqlab qoladigan va tabiatga ziyon yetkazmaydigan o‘ramlarni qidirishda davom etmoqda. Tomorrov Machine shved kompaniyasi original yechim o‘ylab topdi – karamellashgan shakar, asalari mumi, guruch va suvo‘tlaridan tayyorlangan o‘ram. Ular bir martalik bo‘lib, saqlash muddati cheklangan. O‘ramni uning ichiga solingan ovqat bilan iste’mol qilishingiz kerak. 
 
Suvo‘tlaridan butilkalar 

Londondagi Oohowater startapi kashfiyotchilari ham shunday fikrlaydi. Ular suvo‘tlaridan suyuqliklar uchun kapsulalar yaratishni taklif qilishdi. Boshida g‘oya toza ichimlik suvi solinadigan va birga yutish mumkin bo‘lgan ta’msiz butilkani nazarda tutardi. Ammo jarayon davomida shu ma’lum bo‘ldiki, kapsulalar alkogol ichimliklar uchun ham, kosmetika uchun ham mos keladi. Bundan tashqari, suvo‘tlari o‘ram uchun material sifatida plastikka nisbatan arzonroqqa tushadi. 
 
Musiqa ta’sirida ta’m

Oksford universiteti mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatdiki, saundtrek orqali ovqat ta’miga ta’sir o‘tkazish mumkin. Olimlar bu bilimlarni ovqat tarkibini molekulyar darajada o‘zgartirishda qo‘llamoqchi. Masalan, ba’zi mahsulotlardagi achqimtirlikni olib tashlash yoki ta’msiz ovqatga maza berish mumkin bo‘ladi. Bu odamlarning ehtiyojlari va ta’biga ko‘ra ovqat tayyorlash imkonini beradi. 
 
Chaynaladigan qahva 

Bu mahsulot allaqachon Amazonda sotilmoqda. Qahva kublari nonushtada vaqtni tejash va bir martalik stakanlardan voz kechish imkonini beradi. Latte ta’mli saqichlar 50 milligram kofein, 100 milligramm L-teanin va nootrop qo‘shimchalardan iborat bo‘lib, tetiklashish va diqqatni jamlashga yordam beradi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, kofekublar yordamida miyaning kognitiv qobiliyatlarini yaxshilash mumkin. 

110

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ