Sizni TV qarshisidan uzoqlashtirmaydigan uch mini-serial

Добавлено: 01 Июля 2020 Источник: xabardor.uz

Serial tomosha qilishni xush ko‘rasizmi? Ammo uzundan uzoq seriallarni tomosha qilishga vaqtingiz yo‘qmi? Unda quyidagilar aynan siz uchun! 

“Чернобыль”

Amerikancha serial 1986-yil 26-aprelda Chernobilda sodir bo‘lgan halokat haqida so‘zlaydi. Tomoshabin eng dahshatli falokat va uning asoratlarini kuzatib boradi. Voqea-hodisadan ikki yil o‘tib kimyogar Valeriy Legasov halokat haqidagi xotiralardan iborat audiokasetani yashirib, o‘z joniga qasd qiladi. Film 5 qismdan iborat.
Ma'lumot: “Чернобыль” tarixiy drama janridagi serial bo‘lib, Amerikaning HBO telekanali hamda Britaniyaning Sky teletarmog‘i hamkorligida yaratilgan. Yoxan Renk serial rejissyori bo‘lib, unda bosh rollarni Jared Xarris, Stellan Skarsgard, Emili Uotson kabi mashhur aktyorlar ijro etgan. Serial premyerasi 2019-yilda o‘tkazilgan.

“И повсюду тлеют пожары”

Serial syujeti badavlat va namunali xonimlar Richardson va rassom Mi Uoren atrofida aylanadi. Ular umumiy qabul qilingan talablarga amal qilishni istashmaydi. Oilalarning bir-biri bilan tanishishi esa kutilmagan oqibatlarga olib keladi. Bosh rollarni Kerri Vashington va Riz Uizerspunlar ijro etishgan. Film sakkiz qismdan iborat.
Ma’lumot: Amerikancha dramatik mini-serial “И повсюду тлеют пожары” yozuvchi Selesta Ingning romaniga asoslanadi. Serialdagi bosh rollarni Riz Uizerspun va Kerri Vashingtonlar ijro etgan. Serial premyerasi 2020-yilning 18-martida Hulu servisida bo‘lib o‘tgan.

“Когда они нас увидят”

Serial 1989-yilda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan real voqealarga asoslanadi. Syujet beshta o‘spirinlarning qamoq jazosiga hukm qilingani va ularning boshidan o‘tgan voqelikka asoslanadi. Eng qizig‘i, ular bo‘yniga qo‘yilgan aybni sodir etishmagan. Serial to‘rt qismdan iborat.
Ma’lumot: Mazkur serial 11 nominatsiyada “Emmi” mukofoti bilan taqdirlangan. Serial rejissyor Ava Dyuverney tomonidan yaratilgan. Filmda bosh rollarni Riz Uizerspun, Kerri Vashington, Rozmari Deuitt, Djoshua Djekson va Djeyd Pettidjon kabilar ijro etishgan.

256

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ