Samolyotni chaqmoq ursa nima bo‘ladi? Bu qanchalik xavfli?

Добавлено: 25 Января 2020
Parvozdan qo‘rqadiganlarni ham, qo‘rqmaydiganlarni ham o‘ylantiradigan savollardan biri shu ekani aniq. Quyida samolyotni chaqmoq urishi bilan bog‘liq savollarga javob beramiz. 
 
Chaqmoqlar samolyotlarga tez-tez urilib turadimi?
Tez-tez. O‘rtacha hisobda har bir tijoriy samolyotga yiliga bir marta chaqmoq uriladi. Uchuvchilar uch ming soatlik parvozi davomida kamida bir marta chaqmoqqa duch keladi – ya’ni, bir necha yillik faoliyati davomida bir marta. Yo‘lovchilar uchuvchilarga nisbatan osmonda kamroq vaqt o‘tkazishadi. Demak, ularda bunday vaziyatga tushish ehtimoli ancha kam. 
 
Qachon chaqmoq urishi ko‘proq sodir bo‘ladi?
Ko‘tarilish yoki qo‘nish vaqtida. 96 foiz chaqmoq urish holatlari momaqaldiroqli bulut ichida sodir bo‘ladi. 
Chaqmoq urishi samolyot momaqaldiroqli bulut markazidaligida emas, balki uning yonidan uchib o‘tayotganida sodir bo‘ladi. “Musaffo osmon”da ham chaqmoq urishi mumkin. O‘tib ketgan momaqaldiroq frontidan keyingi patsimon bulutlar yonidan uchayotganida shunday bo‘ladi. 
 
Uchuvchilar chaqmoqdan qochishga harakat qiladimi?
Ha. Uchuvchilar maxsus ob-havo radari orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan momaqaldiroqli bulutlarni chetlab o‘tishga harakat qiladi, albatta. Bunday radarlarning tijorat avialaynerlarida, shuningdek, to‘qqiz nafardan ortiq o‘ringa ega shaxsiy samolyotlarda bo‘lishi majburiy etib belgilangan. 
 
Uchuvchilar chaqmoq urishidan xavotir olgani uchun uni chetlab o‘tishmaydi, balki samolyotning nazoratdan chiqishi va hatto, havoda falokatga uchrashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy yoki ekstremal holatlardan saqlanishga harakat qilishadi. Ba’zida buning uchun samolyotlar o‘z yo‘nalishidan o‘nlab kilometr chetlashishiga to‘g‘ri keladi.  
 
Chaqmoqlar yo‘lovchilar va samolyot uchun qanchalik xavfli?
Deyarli, xavfsiz. Yo‘lovchilar ishonchli himoyada, chunki samolyot korpusi elektrni yaxshi o‘tkazadigan alyuminiydan yasaladi. Chaqmoq urgach uchuvchilar barcha tizimlarni tekshirib ko‘rishadi; biror nosozlik aniqlansa – samolyotni yaqin atrofdagi aeroportga qo‘ndirishadi. Barcha tizimlar yaxshi ishlayotgan bo‘lsa, chaqmoq urgan samolyot parvozda davom etaveradi. Biroq u manzilga qo‘nganidan keyin, texniklar tomonidan yaxshilab tekshirilishi lozim. 

137

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ