Pavel Durov: iCloud rasman foydalanuvchilarni kuzatish jihoziga aylandi

Добавлено: 24 Января 2020

Apple qurilmalarida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari shifrlangan holda saqlanadi. Biroq ularning iCloud servisida saqlanayotgan ma’lumotlarni Apple shifrlamay kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, kupertinolik gigant bu ishga AQSh Federal qidiruv byurosining qistovi bilan majbur bo‘lgan, ammo jamoatchilikka ashkor qilmay kelgan. Telegram asoschisi Pavel Durov shu munosabat bilan iCloud’ni kishilarni kuzatishning rasmiy jihoziga aylanganini aytdi. 

“Endi iCloud rasman kishilarni kuzatuv jihozidir. Sizning shaxsiy xabarlaringizni saqlash uchun undan foydalanadigan (WhatsApp singari) ilovalar ham ushbu muammoning bir qismidir”, deydi Durov.

Ta’kidlash kerakki, Telegram asoschisi avval ham WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmasligini aytgan va sababini tushuntirib bergan edi. 

102

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ