O‘zbekistonliklar Yangi yil uchun qaysi davlatlarga sayohat qildi va bu uchun qancha sarfladi?

Добавлено: 24 Января 2020

O‘zbekistonliklarning yangi yil bayramlaridagi eng qimmat chiptalari reytingini Aviasales.uz turistik qidiruv tahlilchilari tuzib chiqdi.

O‘zbekistonning aksariyat aholisi samolyotga so‘nggi lahzada, parvozga maksimum bir hafta qolgan vaqtda chipta xarid qilgan.

• Bu yilgi ta’tilda ikki yo‘lovchining 24 mln. so‘mga Toshkentdan Singapurga xarid qilgan chiptasi eng qimmat chipta bo‘lgan.

• Qimmatligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Toshkentdan Los-Anjelesga parvoz qayd etilgan. Bir tomonga sotib olingan chiptaning narxi 23 mln. so‘mni tashkil etgan.

• Poytaxtdan Bangkokka yo‘l olgan sayyoh sayohat uchun 22,5 mln. so‘m sarflagan.

• Yangi yil ta’tilini Dubayda o‘tkazish uchun sayyohlar 17,5 mln. so‘m ishlatishgan.

• Toshkentdan Pxuketga safar qilish Dubayga sayohatdan 500 ming so‘m arzonroqqa tushgan.

• Anqaraga yo‘l olgan yo‘lovchilar esa 15,5 mln. so‘mni sayohat uchun sarf qilgan.

• Ba’zi sayyohlar 14 va 15 mln. so‘m to‘lab, Yangi yilni nishonlash uchun Tbilisiga yo‘l olishgan.

• Eng qimmat chiptalar 10taligiga 12,6 mln so‘m sarflangan Toshkentdan Yekaterinburgga qatnov yakun yasagan.

120

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ