Galaxy S20’ning aniq narxi ma’lum qilindi

Добавлено: 24 Января 2020

Xabaringiz bor, Janubiy Koreya texnogiganti fevral oyida Galaxy S20, Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra flagmanlari hamda Galaxy Z Flip buklamafonini taqdim etadi. 

XDA Developers resursining bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) ushbu modellarning real narxlarini e’lon qildi

Kompaniya ularni Yevropa bozoriga quyidagi narxlarda taqdim etmoqchi: 
Samsung Galaxy S20 5G – 900 dan 1000 yevrogacha; 
Samsung Galaxy S20+ 5G – 1050 dan 1100 yevrogacha; 
Samsung Galaxy S20 Ultra 5G – 1300 yevro; 
Samsung Galaxy Z Flip – 1400 yevro. 

Shuningdek, Vaynbaxning ta’kidlashicha, AQSh bozorida Galaxy S20 modellari tegishlicha 850, 950 va 1200 dollardan sotilishi kutilmoqda. 

Flagmanlarning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan variantlari esa ulardan taxminan 100 yevroga arzonroq bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avval ham turli manbalarda mazkur gadjetlarning narxi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.  

109

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ