Dior va Vespa brendi hamkorlikda yangi skuter yaratdi

Добавлено: 01 Июля 2020 Источник: xabardor.uz

Fransuzcha kompaniya, moda uyi Christian Dior italiyalik marka Vespa bilan hamkorlikda Vespa 946 modelining yangilangan dizayndagi ko‘rinishini namoyish etdi. Skuter bir o‘zi emas: unga qo‘shimcha ravishda dubulg‘a, sumkacha va yuk sandiqchasi ham qo‘shilgan. Ushbu mahsulotlarning bari brendning “firmenniy” Dior Oblique naqshlari bilan bezatilgan. Xabarda aytilishicha, yangicha to‘plam 2021-yilning bahoridan sotuvga chiqariladi. Ularni Dior butiklaridan xarid qilishingiz mumkin.

Ma’lumot o‘rnida
Vespa italiyancha brend bo‘lib, Piaggio skuterlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Brend 1946-yilda ishlab chiqargan Piaggio&Co. skuteri orqasidan katta muvaffaqiyatga erishgan. Shundan beri butun dunyo bo‘ylab skuter ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi o‘rinda turadi. Charli Chaplin, Salvador Dali, Garri Kuper, Ronald Reygan kabi mashhurlar mazkur brendning skuterlarini xarid qilgan. Hozirda esa Stefano Gabbana, Mila Yovovich, Kurt Rassel, Uma Turman kabi yulduzlar Vespa skuterlarini haydab yuribdi.

223

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ