Hayotning kulgili, ammo jiddiy qonunlar

Добавлено: 01 Июля 2020 Источник: xabardor.uz

Hayotimizdagi ba’zi narsalar hech qanday ilmiy asossiz o‘z-o‘zidan sodir bo‘lganday tuyuladi. Ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri fikr. Olimlar kundalik hayotimizda uchraydigan oddiy, o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladiganday tuyulgan qonunlarni barchadan oldin ilg‘ab, ularga o‘z ismlarini nom sifatida berishga ham ulgurishgan. Quyida barchamiz ham uchragan bo‘lishimiz mumkin bo‘lgan qiziqarli hayot qonunlari bilan tanishib chiqamiz.

• Kan va Orben aksiomasi: agar hech narsa yordam bermayotgan bo‘lsa, nihoyat endi qo‘llanmani o‘qishingiz mumkin!

• Xleyd qonuni: biror qiyin vazifani eng dangasa hamkasbingizga yuklang. U, albatta, uni bajarishning oson yo‘lini topa oladi.

• Fingeylning sakkizinchi qoidasi: jamoada ishlash juda muhimdir. U aybni boshqaga yuklash imkonini beradi.

• Larman tadqiqoti: sizga doim yoki pul yoki vaqt yetmaydi.

• Xolt qonuni: har qanday ish buni qilmaslik kerak bo‘lgan odam uchun oson tuyuladi.

• Armiya aksiomasi: noto‘g‘ri tushunilishi mumkin bo‘lgan har qanday buyruq noto‘g‘ri tushuniladi.

• Ettore kuzatuvi: yoningizdagi navbat har doim tezroq harakat qiladi (yo‘ldagi tirbandlik, supermarketlardagi navbatlar).

• Hayvonot bog‘i va muzey qonuni: eng qiziqarli eksponatlarda nomi va ta’rifi yozilgan taxtacha bo‘lmaydi.

• Richardning o‘zaro bog‘liqlik qonuni: uzoq vaqt davomida saqlagan narsangizni tashlab yuborishingiz bilan, u sizga kerakli bo‘lib qoladi.

• Kolbasa tamoyili: kolbasani yaxshi ko‘radigan va qonunni hurmat qiladigan inson hech qachon ikkalasi ham qanday tayyorlanishini ko‘rmasligi kerak.

• Uotergeyt tamoyili: hukumatning korrupsiyasi haqida har doim o‘tgan zamonda gapirishadi.

• Qidiruv qonuni: biror narsani eng noo‘rin joydan izlash kerak. Izlagan buyumingiz aynan o‘sha yerda bo‘ladi.

• Mider qonuni: siz bilan qanday voqea sodir bo‘lishidan qat’i nazar, bularning barchasi yana bir tanishingizda sodir bo‘lgan bo‘ladi. Faqat unda u bundanam yomon holatga tushgan bo‘ladi.

• Flagg qonuni: yog‘ochni taqillatishingiz kerak bo‘lgan paytdagina – butun dunyo alyumin va plastikdan iboratligini tushunib qolasiz.

265

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ