Kayfiyatni ko'taramiz

Добавлено: 26 Ноября 2020 Источник: aniq.uz

Er-xotin mashinada ketishayotgandi. Xotin kutilmaganda eriga qichqirdi:

— Mashinani orqaga qaytaring! Dazmolni o‘chirishni unutibman!

— Xavotir olma, men vannadagi kranni berkitmay chiqibman!

 

***

 

— Erim juda omadli odam. Mana, kechagina hayotini sug‘urta qildirgandi. Bugun ertalaboq boshiga g‘isht tushib kasalxonaga yotdi.

 

***

 

Hayvonot bog‘i direktori qarasa, fillardan biri qattiq yo‘tala boshlabdi. Unga bir chelak vino ichirib yuborgandi, yo‘tali to‘xtadi-qo‘ydi. Ammo boshqa qafasdagi fillar baravariga yo‘tala boshlashdi.

Izoh Qoldirish
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ