Dunyodagi eng yaxshi va eng antiqa ofislar

Добавлено: 24 Марта 2020
Aksariyat insonlar hayotining eng ko’p qismini yopiq bo’lgan ofis honasida o’tkazib yuboradi. Ofis honasi deganimizda barchaning ko’z oldiga yopiq hududda baland binolarda joylashgan honalar keladi. Biroq barchasi ham bunday emas ekan. Bu gapimizga isbot tariqasida quyida bir qancha ofislarni keltirib o’tamiz. Marhamat tomosha qiling!

Selgas Cano

Tasavvur qiling, siz Madridda joylashgan Selgas Cano arxitektura firmasida ishlaysiz. Bu nimani anglatishini bilasizmi? Bu shuni anglatadiki, siz hujjatlarni quyosh nurlaridan pana bo’lib turgan daraxtlar soyasida, tabiatning toza atmosferasidan zavq olgan holda tayyorlaysiz.

Xose Selgas va Lucia Cano o'z kompaniyasi uchun pleksiglas, plastik oyna  va polyester asosidagi materiallardan foydalangan holda noyob ofis yaratdilar. Ish sizni tabiat bilan aloqa qilishdan ajratib qo'yishi kerak emas, aksincha tabiat va tabiiy yorug'lik sizning kasbiy faoliyatingizni yaxshilashi darkor.

Jump Studio

Jump Studio

Pallotta Teamworks

Pallotta Teamworks

Uch qavatli, tomi keng ofisda osma zinapoya va hatto sirpanchiq mavjud.

Kompaniya atigi ikki million dollarlik byudjet asosida noyob va individual ish joyini yaratishning eng yaxshi usulini topdi. Natijada, 4366 kvadrat metrli omborda joylashgan ofis, kvadrat metri uchun 40 dollarga teng bo’ldi. Va bu odatdagidan yarim baravar arzonroq tushgan.

Kompaniya ofis dizayniga juda ijodiy yondashdi va bu bilan juda ko’p pul tejab qoldi.

Kompaniya ofis dizayniga juda ijodiy yondashdi va bu bilan juda ko’p pul tejab qoldi.

Devid Ayasa-Adekan Innovation Imperative uchun

Ikki ishchi va ikkita stolni o'z ichiga olgan ushbu "qatlanadigan" ofis standart ofis maydonlarining sanoat muhitidan bir qadam narida joylashgan.

Ularning xilma-xilligini inobatga olgan holda, bunday “qatlanadigan ofislar" har qanday joyga, masalan, o'rmon markaziga ham qo'yilishi mumkin. Ushbu mo'jizani Devid Ayas-Adekanl Innovation Imperative uchun yaratgan. Narxlar unchalik baland emas, ammo ishlatilgan zamonaviy materiallar va qurilishning amaliy usullarini inobatga olsak, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Syurixdagi Google ofisi

Ushbu ro'yxatda Googlening idorasi borligiga hech kim ajablanmasa ham bo’ladi. Boisi bu kompaniyani ofis uslubida tendentsiya qiluvchi deb atash mumkin. Syurixdagi Googlening ofisi tushlik paytida konferentsiya o’tkazish uchun juda ajoyib joy!

Syurixdagi Google ishchilari shaxsiy ish maskanlarini kreativ g’oyalar ulashuvchi narsalar bilan birlashtirishni xohlashdi.Shunday qilib, ular bunga erishgan ko’rinishadi!

111

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ