O‘zingizni to‘g‘ri tuting: biz doimo buzuvchi 9 ta etika qoidasi

Добавлено: 24 Января 2020

Zamonaviy davr odamiga etika qoidalarining nima keragi bor, dersiz. Odamlar ko‘cha-ko‘yda ovqat yeb, ichimlik ichib ketaveryapti, uy kiyimida do‘konlarga va hatto, bozorga ham borib kelishmoqda. Biroq ba’zida bunday odatiy holatlardan cheklanib, kechki ovqatni restoranda yegingiz keladi. Bu kabi jamoat joylarida xushmuomalilik va risoladagidek kiyinish doim qadrlanadi. Keling, ushbu maqolada har bir inson o‘zi bilmagan holatda buzib kelayotgan etikaning 9 qoidasi haqida suhbatlashamiz. Quyidagilar boshqa qoidalarga qaraganda ko‘proq buziladi va sizni tarbiyasiz qilib ko‘rsatib qo‘yadi.

1.  Nafaqat tanishlar, balki notanish insonlar bilan ham qo‘l berib ko‘rishish muhim
 

Salomlashgandan keyin odamda birinchi bor qo‘l berib ko‘rishgan insoni haqida tasavvur paydo bo‘ladi. Shu sabab, to‘g‘ri salomlashishni bilish kerak. Ko‘rishishning ham bir qancha turi mavjud: qo‘l bilan ko‘rishganda qo‘lni tezgina, qattiq siqmagan holatda, o‘zingizga tortmagancha salomlashish kerak. Birovning qo‘lini uzoq vaqt qisib turish ham tavsiya qilinmaydi. Ko‘rishgan vaqtda yelkani qoqib qo‘yish to‘g‘ri emas. Agar qarshingizdagi sizning yaqin insoningiz bo‘lsagina, bu kabi harakatlarni bajarish mumkin. Agar erkak ayolni qarshi olayotgan bo‘lsa, unga biroz, yengilgina egilib qo‘yish mumkin.

2.  To‘g‘ri muloqot insonning qanchalik tarbiya ko‘rganligini ko‘rsatib turadi
   
Punktuallik, har qanday uchrashuvga vaqtida yetib borish siz haqingizda ko‘p narsalarni aytib bera oladi. Agar siz belgilangan vaqtga yetib borolmayotgan bo‘lsangiz, uchrashish kerak bo‘lgan insonga qo‘ng‘iroq qilib, ogohlantirib qo‘yish lozim. Bu kabi uzrli holatga tushmaslik uchun uchrashuvga oldindan tayyorgarlik ko‘ring. Kerakli narsalarni oldindan sumkaga solib qo‘yish yoki hammasini bir yerga qo‘yish kerak. 
Muloqot vaqtida suhbatdoshga biror bir mulozamat qilib qo‘yish ham foydali. Bu sizning qanchalik e’tiborli ekanligingizni ko‘rsatadi.

3.  Erkak va ayol o‘rtasidagi muloqot qoidasi

Etika qoidalariga ko‘ra, ikki bir-biriga begona insonlarni uchinchi bir odam tanishtirishi kerak. Erkak ayol kishini qarshi olganida uning sumkachasini hech qachon tutib turmasligi lozim. Paltosi esa kiyim javoniga ilib qo‘yish uchungina olinishi mumkin.

4.  Sizning kiyimingiz siz haqingizda ko‘p narsani aytishi mumkin

Etika qoidalariga ko‘ra, inson tartib bilan kiyinishi kerak. Biroq bunda kiyim, albatta, qimmatbaho bo‘lishi shart emas. Erkakning poyabzali doim toza bo‘lishi lozim. Ustki pidjak esa, albatta, tananing o‘lchamiga mos bo‘lishi zarur. Agar kastyum biroz kattaroq bo‘lsa, uni qomatga moslab tiktiring. 
Sportchilarniki kabi tana tuzilishga ega erkaklar kesmasiz kastyum kiyganlari ma’qul. Pidjakning yenglari ko‘ylak yengidan 1 sm qisqaroq bo‘lishi lozim. Kastyumning pastki tugmalarini esa taqmang.
Ayollar tananing pasti to‘q, yuqorisiga ochroq rangdagi kiyimlarni kiyganlari ma’qul. Nimcha yoki kofta, yupka yoki shim bilan uyg‘unlashtirilishi mumkin. Bu holatda ayollar oddiy va chiroyli ko‘rinishni yaratgan bo‘lishadi. Qomat ham yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Qo‘lga yoki bo‘yinga taqinchoqlarni qatorlatib taqib olish ham tavsiya etilmaydi. 

5.  Dasturxon atrofida

Taklifsiz dasturxon atrofiga o‘tirish kerak emas. Stol atrofidagi birinchi o‘ringa o‘tirib olish ham xunuk ko‘rinadi. Barcha mehmonlar stol atrofiga o‘tirishini kutish to‘g‘ri bo‘ladi.
Tirsaklarni stol ustiga qo‘yish noto‘g‘ri. Ular tizzaga yaqin yerda turishi lozim. Mobil telefonni esa cho‘ntagingizga solib qo‘ying...

6.   To‘g‘ri o‘tirish ham muhim

Ayol kresloda o‘tirgan bo‘lsa, bir oyoqni ikkinchisining ustiga qo‘ymasligi kerak. Oyoq tizzalarini bir-biriga jipslashtirgancha o‘tirgan ma’qul. Oyoqlar bir-biriga yopishtirilib, kaftlarini krest shaklda tutib o‘tirish ham mumkin.
Erkaklar esa bir oyog‘ini ikkinchisining ustiga bemalol qo‘yib o‘tirishi mumkin. Oyoq tagini polga to‘liq tekkizib, bir-biriga yaqin holatda qo‘ygancha o‘tirsa ham bo‘ladi. Ayol qomatini tekis tutgancha o‘tirishi kerak.

7.  Restoranda o‘zini tutish tartibi

Insonni restoranga taklif qilishni ham bilish kerak. Agar ovqatlanish joyiga hamkasblaringiz bilan kelgan bo‘lsangiz, hammaning dasturxon atrofiga o‘tirishini kuting. Ovqatlanish vaqtida tanaffus qilgan bo‘lsangiz, pichoq va sanchqini shunday qo‘yish kerakki, ular o‘zaro burchak hosil qilsin.
Agar ovqatlanish tugagan bo‘lsa, pichoq va sanchqini likopchaga parallel ravishda qo‘ying. Agar xo‘randa keyingi ovqatni kutib turgan bo‘lsa, pichoq va sanchqi bir-biriga perpendikulyar qo‘yilishi kerak. Sanchqi vertikal, pichoq gorizontal turishi lozim.

8.  Ichimliklarni qanday quyish kerak?
Stol atrofida o‘tirgan har bir inson o‘ziga ichimlik quyishi mumkin. Erkaklar ayollar uchun quyib berishlari ham madaniyatning bir ko‘rinishi bo‘ladi. Biroq bunda stakanga sharobni to‘ldirib quymang.  

9.  Qahva yoki choy ichishning tartibi
Agar bir insonni yaqinroq bilish kerak bo‘lsa, uni bir piyola choy yoki qahvaga taklif qilish mumkin. Qahvani bir qo‘lda, uning likopchasini esa ikkinchi qo‘lda ushlash kerak. Choyqoshiqni esa likopcha chetida qoldiring. Finjonni ikkala qo‘l bilan ushlab olish noto‘g‘ri. 
Choy ichish uchun esa avvaliga piyolaga choy, so‘ng sut, ana undan keyin shakar solinadi.

108

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ