5 daqiqa ichida 5 ta g‘aroyib fotolayfxak

Добавлено: 24 Января 2020

Janubiy afrikalik fotograf Sholdon Evans suratga olish vaqtini tejagan holda g‘aroyib surat olish sirlarini oshkor qildi. Ularni sizga ham foydasi tegishi aniq. Demak, boshladik...

1. Oddiy sellofan paketdan “softboks”

Yumshoq va tarqoq rang hosil qilish uchun sizga oddiy oq rangli sellofan paket kerak bo‘ladi, xolos. Uni silkitib ichiga havo yig‘ing, paket “qo‘llarini” bog‘lang. Uni kamera “vspishka”siga qo‘ygancha suratga oling. Mana, maxsus yorug‘likni taqsimlab berishga mo‘ljallangan “nasadka” “softbokssiz” ham chiroyli surat yaratish mumkinligini ko‘rdingiz...

2. Sochiqdan slayder o‘rnida foydalanamiz

Zo‘r video tasvirlarni yaratish uchun kamerani bir tekisda harakatlanishini ta’minlovchi slayder qurilmasini olishning imkoni bo‘lmadimi? Qayg‘urmang, bu o‘rinda sochiqdan foydalansangiz ham bo‘laveradi. Stol yuzasiga sochiq yoyiladi va uning ustiga kamera qo‘yiladi. Kameraga tegmagan holatda sochiqni o‘zingizga tomon sekin torting. Maxsus effektli videotasvir ham paydo bo‘ladi.

3. “Boke” effekti bilan suratga olish

Bunday holatda suratga olish juda oson. Buning uchun “boke” effektli maxsus surat olinadi va uning qarshisiga obyekt joylashtiriladi. Shu holatda suratga olinadi.  

4. Disk bilan yaltiroq effektli surat

Suratga o‘zgacha effekt bag‘ishlayman deb montaj yoki fotoshopga vaqt sarflashning hojati yo‘q. Bu effektni suratga olish vaqtida uddalash mumkin. Buning uchun kamera obyektivi qarshisiga kompakt-disk o‘rnatiladi va yaltiroq effekt berishi uchun u sekin aylantiriladi. Natijani o‘zingizda sinab ko‘rib, keyin ko‘rishingiz mumkin... 

5. Suratga eski fototasmaga xos effekt beramiz

Eski fototasmaga xos effektni yaratish uchun gugurt chaqishning o‘zi kifoya. Gugurtni kamera obyektivi qarshisida yoqib, keyin suratga olish lozim. Shuningdek, gugurt tez yonib ketib, barmoqni kuydirmasligi uchun gugurt cho‘pi o‘rniga shamdan foydalansa ham bo‘ladi.

121

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ