Показать меню
Unumdorlik va salomatlikni yaxshilashga yordam beruvchi 5 maslahat



Kuningiz befoyda o‘tyaptimi? Oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizning hech birini bajarmayapsizmi? Bu maqola sizga unumliroq bo‘lishga yordam berishi mumkin.

Biz sizning e’tiboringizga kunning 24 soat vaqtidan unumli foydalanishga yordam beruvchi 5 maslahatni havola qilamiz.

  1. Ro‘yxatlardan foydalaning

Ba’zilar uchun qilinadigan ishlar ro‘yxatidan foydalanish unumdorlikni oshirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Bu ro‘yxatni qismlarga ajratish esa siz uchun uning foydaliligini yanada oshirishi mumkin. Masalan:

«3 vazifa» ro‘yxati

Ro‘yxatni 3 xil toifadagi eng muhim vazifalarga bo‘ling: birinchisi — ish bilan bog‘liq, ikkinchisi — sog‘liq, uchinchisi — qolgan hamma ishlar.

Bu yerda maqsad — 3 vazifani kechgacha tamomlash, shulardan ikkitasi tushgacha bajarilishi kerak. Bunday ro‘yxatdan foydalanish agar hatto sizda unumdorlik daraja juda past bo‘lsa ham siz uchta eng muhim ishlarni bir kunda bajarishingizga kafillik beradi.

        2. Smartfon va planshetingizga keladigan xabarnomalarni to‘xtating

Agar siz xabarnomalar kelishini to‘xtatmasangiz, ular diqqatingizni chalg‘itishi mumkin. Ularni o‘chirsangiz ishni tugatmaguningizcha sizga hech narsa xalal bermaydi. Agar xohlasangiz telefoningizdagi ijtimoiy tarmoq dasturlarini ham olib tashlashingiz mumkin.

       3. Maxsus dastur va ilovalardan foydalanish

Kompyuter uchun vaqtdan unumli foydalanishga yordam beruvchi dasturlar ham bor.

Masalan, Cold Turkey (Win) & Self Control (Mac) dasturi sizni chalg‘ituvchi ijtimoiy tarmoqlarga ulanishni cheklovchi dastur hisoblanadi.

Self Control (Android) dasturi esa faqat o‘zingiz belgilab qo‘ygan vaqtlardagina boshqa dasturlardan foydalanishga imkon beradi.

      4. Tanaffuslar qilib turing

Vaqtni boshqarish — faqat ishlash degani emas. Dam olish ham kerak. Aslida ishlar orasidagi tanaffuslar — bu unumdorlikni oshirishning eng yaxshi yo‘li. Biron-bir narsaning ustida haddan tashqari uzoq ishlash — bu o‘z vaqtidan foydalanishning eng samarasiz usuli.

       5. Yetarlicha uxlang

Uyqu — unumdorlik va salomatlik haqida gap ketganda, eng muhim jihat hisoblanadi. To‘yib uxlamaydigan odamlarda ortiqcha vazn yig‘ish va har xil kasalliklarga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi.

Olimlar tunda 7—8 soat uxlashni tavsiya qiladi. Shuningdek, 20—30 daqiqalik kunduzgi uyqu — charchoqni yengishning eng yaxshi yo‘li. Uyquni muvofiqlashtirish — sog‘lom va unumli yashash tarzini boshlashning eng oddiy usuli.


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD