SO`GAL qanday davolanadi?

Добавлено: 28 Декабря 2019

Saytimiz muxlislari orasida shifokorlarga savol yo`llovchilar ham ko`pchilikni tashkil qiladi. Biz malakali tibbiyot xodimlari, shifokorlar bilan hamkorlikda ularning savollariga javob berib boramiz. Shular ichida oyoq parvarishi, undagi so`gallar, tovondagi so`galni qanday yo`qotish mavzusidagi savollar ham bor. Ushbu savollarga terapevt Gulbahor Qodirova quyidagicha javob berdi:

Oyoq kafti tagidagi so`gallar xavfsiz hisoblanadi. Ularni odamdagi papilloma virusi keltirib chiqaradi.So`gal immunitet zaiflashishi, organizmning himoya tizimi kuchsizlanishi natijasida qo`l va tananing boshqa sohalarida paydo bo`ladi. Papilloma virusi bemor odamdan to`g`ridan-to`g`ri kontakt usulida yuqadi. Ayrim hollarda hammom, sauna va basseynda, umumiy foydalaniladigan buyumlardan yuqishi mumkin.

Oyoq tagidagi so`gallar, ko`p hollarda, tovonda, barmoqlar yostiqchasida paydo bo`ladi. Ular o`z-o`zidan yo`qolib ketadi, ba`zan esa yillab saqlanadi. Odatda, so`gal og`riqsiz bo`lib, hech bir muammo keltirib chiqarmaydi. Ammo hajmi kattalashib, shishsa va yurganda noqulaylik tug`dirsa, shifokorga murojaat qilish kerak. So`gal jarrohlik usulida olib tashlanadi yoki kislota yordamida kuydiriladi. So`gallarni siqish, kavlash, shilish aslo mumkin emas. So`galning oldini olish uchun birovning poyabzali va paypoqlaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi.

125

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ