Shoppingning kayfiyatga terapiyadek ta’siri

Добавлено: 24 Марта 2020
Ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning supermarket peshtaxtalarini bo‘shatib, keragidan ortiq qilgan xaridlari aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu videolarga turlicha munosabatlar bildirildi va qoralandi. Albatta, har narsani me’yori bor va bunday vaziyatda xariddan ko‘ra, odamlar bilan masofa saqlashga harakat qilish kerakligi to‘g‘ri, lekin inson psixologiyasida vahima va xavotirli vaziyatlarda o‘zini o‘zi chalg‘itish, aldashga urinishi tabiiy ekanini unutmaslik kerak. Shopping esa mutaxassislarning ma’lum qilishicha, xavotir hissini unutishda samarali hisoblanadi.
 

Agar ayni damda antiseptik vosita olib ko‘nglingiz xotirjam bo‘lsa, yoqtirgan rangingizdagi bejirim libos olsangiz sizdan baxtli inson bo‘lmaydi. Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, shopping g‘am-tashvish va tushkunlikka qarshi ijobiy ta’sir qiladi. Xarid qilgan kishi muayyan vaziyat ustidan yolg‘ondan nazorat o‘rnatilgandek hisni tuyadi va mahsulot yoki buyumni qo‘lga kiritganda kayfiyati ko‘tariladi.

Foto: International BusinessTimes

Koronavirus bir qancha sohalarda inqirozlar boshlanishiga olib kelayotgan bo‘lsa, internet do‘konlarning buyurtmalari esa ko‘paygandan ko‘paymoqda. Karantinda uydan chiqmadi degani xarid qila olmaydi degani emas, ayniqsa bu qiz va ayollarga tegishli ekanini erkaklar juda yaxshi bilsa kerak. Karantin vaqtida, internet do‘konlari va xizmatlariga kelib tushayotgan buyurtmalar soni sanoqsiz. Shopping-terapiya yosh-u qariga ta’sir qilishi fakt, lekin xaridning darhaqiqat zarur yoki muhim ekanligiga ko‘proq e’tibor berish kerak.

122

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ