Shirinlikning ayrim turlari qomat uchun zararli emas – mutaxassis

Добавлено: 01 Мая 2021 Источник: xabardor.uz

Shirinlikni xush koʻruvchi insonlar desertlardan butunlay voz kechishlari shart emas. Faqatgina qanday turdagi shirinlikni isteʼmol qilish masalasiga diqqat qaratsalar boʻlgani.

Parhezshunos Yelena Solomatina tarkibida shakar nisbatan kam boʻlgan, tabiiy kletchatkaga ega mahsulotlar isteʼmoli qomatga katta zarar yetkazmasligini maʼlum qildi. Shirinlik tarkibidagi kletchatka shakarning organizm tomonidan “soʻrilishiga” toʻsqinlik qiladi. Zefir, pastila, sharbat, marmelad va uy sharoitida tayyorlangan murabbo ana shunday shirinliklar sirasiga kiradi.

“Engil tamaddi uchun meva hamda rezavorlar mos keladi, ammo ularning tarkibidagi tabiiy shakar miqdori katta, shu sababli ularning isteʼmoliga ham mukkasiga ketish yaramaydi”, dedi mutaxassis.

Izoh Qoldirish
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ