Oshqozonga orom berishning 5 usuli

Добавлено: 26 Февраля 2018

Bir necha kilogrammdan xalos bo‘lish, organizmni tozalash va qushday yengillikni his qilmoqchi bo‘lsangiz, oshqozonga orom beruvchi quyidagi 5 usuldan birini tanlab, albatta, bajarib ko‘ring.

Yodda tuting: bunday kunlar bir oyda 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

1. Olmali kun

Kunlik taomnoma 1,5 kg olmani paqqos tushirishdan iborat. Diqqat qiling, olma salgina nordonroq bo‘lishi kerak. Chunki shirin olamadagi fruktoza moddasi yog‘ga aylanadi-da. 2 litr suv ichish ham esingizdan chiqmasin. Bu parhez oshqozon uchun juda foydali. Organizm tiqinlardan tozalanib, o‘rni temir bilan to‘ladi va A, B1, B2, B6 va S vitaminlar bilan boyitiladi.

2. Tvorogli kun

Ozish uchun jismoniy mashqlar tugagandan so‘ng aynan tvorogli parhez organizmga to‘g‘ri keladi. Bir kunda 600 gramm yog‘siz tvorogni reza mevalar bilan yeng, boshqa hech narsa yemang. Va albatta, har doimgidek 2 litrdan kam suyuqlik ichmang.

3. Qatiqli kun

Ovqat-hazm qilish bilan bog‘liq kasalliklar aynan qatiqli parhez bilan tuzaladi. Bir kunda 1,2–2 litr kefir iching. Galma-galdan avval yog‘li, so‘ng yog‘siz qatiq ichish ayni muddao. Giyohli choy, na’matak damlamalari, gazsiz madanli suvlar ham ichishingiz mumkin.

4. Grechixali kun

Grechixa sekin ta’sir qiluvchi uglevod bo‘lib, bellarimizga yig‘ilib qolishga hech shoshilmaydi. Grechixali parhez kuni bir piyola grechixani har 2-3 soatda dimlab yeng. Tuzsiz, shakarsiz va yog‘siz, albatta.

Ogohlantirish: gastrit bilan og‘rigan bemorlarga va hayz kunlarida bunday parhezlar qat’iyan man etiladi.



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ