Meva-sabzavotlar haqida siz bilgan va bilmagan faktlar

Добавлено: 27 Февраля 2018

Meva va sabzavotlarda organizmning normal faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab vitaminlar borligini yaxshi bilamiz. Biroq har bir meva yoki sabzavotning alohida xususiyatlari hammaga ham ma’lum bo‘lmasligi mumkin. Maqolada ular haqidagi qiziqarli faktlarni bilib olasiz.

Sabzi organizmda A vitaminiga aylanadigan karotinga boy. Bundan tashqari, bu sabzavot tarkibida C, B, D, E vitaminlari, minerallar va turli mikroelementlar bor.

Grechka yormasida B, E, PP va mineral komponentlari boshqa yormalarga qaraganda 1,5—3 marta ko‘proq uchraydi. Juda kerakli aminokislotalarga boy ekanligi bo‘yicha grechkadagi oqsil hayvon mahsulotlariga o‘xshashdir.

Gilos jigar va buyraklar ishini tezlashtiradi, qon aylanishini yaxshilaydi. U odamga tetiklantiruvchi va umumiy quvvat beruvchi moddalarga ega. Shuningdek teri salomatligini yaxshilaydi.

Bodring ovqat hazm qilishni tezlashtiradi, ichaklarni tozalaydi, suv-tuz balansini normallashtiradi, terini tozalaydi, peshob haydaydigan vosita sifatida ta’sir qiladi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi. B va C guruhidagi vitaminlarga boy.

Apelsin sharbati organizmning barcha funksiyalarini faol harakatga keltiradi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, tetiklantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy asab tizimi faoliyatiga yaxshi ta’sir qiladi, chanqoqni ham yaxshi bosadi.

Brokkoli yurak-qontomir va saraton kasalliklari paydo bo‘lishi xavfini pasaytiradi. Bu sabzavot kalsiyga juda boy (har 100 grammida 47 mg kalsiy bor).

Loviyada yengil o‘zlashtiriladigan oqsillar bo‘lib, ularning miqdori bo‘yicha ushbu don go‘sht va baliqqa o‘xshash. Bundan tashqari, loviya tarkibida turli kislotalar, karotin, C, B1, B2, B6, PP vitaminlari mavjud.

Banan avvalo kaliy manbai bo‘lib hisoblanadi. Kaliy jigar, yurak, suyaklar, miya, tish va mushaklar uchun zarurdir. Banan organizmga kishini bo‘shashtiruvchi va kayfiyatni ko‘taruvchi serotonin ishlab chiqarishga yordam beradi.

Qulupnaydagi 50 ga yaqin xushbo‘y moddalar kishiga yaxshi kayfiyat va tetiklik baxsh etadi. Bundan tashqari, u C vitaminiga boy. Besh dona qulupnayda bitta katta apelsindagiga teng C vitamini bor.

Maqolani tayyorlashda “Xitrosti jizni” nashri ma’lumotlaridan foydalanildi.



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ