Lavlagidan ozdiruvchi va tetiklashtiruvchi sharbat tayyorlaymiz

Добавлено: 02 Июня 2020 Источник: daryo.uz

Lavlagi xalq tabobatida ko‘plab kasalliklarni oldini olish, ovqat hazm qilishni yaxshilash va profilaktik maqsadlarda qo‘llaniladi. Undan tayyorlangan taom, salat va ichimliklar foydali va vitaminlarga boy bo‘ladi.
 

E’tiboringizga tetiklashtiruvchi vitaminlarga boy lavlagili sharbat retseptini taqdim qilamiz.

Kerakli mahsulotlar:

  • Lavlagi — 1 dona
  • Sabzi — 2 dona
  • Olma — 1 dona

Tayyorlanish jarayoni:

  • Meva va sabzavotlarni yuvib, tozalang,
  • Mahsulotlarni kubik shaklida kesib, sharbatini siqib oling.
  • Sharbatga ta’bga qarab limon suvini ham qo‘shish mumkin.

Tayyor ichimlikni darhol ichish kerak, shunda yanada foydaliroq bo‘ladi. Lavlagili sharbat organizmni, xususan, jigarni tozalaydi hamda vazn tashlashda samarali yordam beradi.

306

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ