Показать меню
Ish haftasini to‘g‘ri boshlash uchun tavsiyalar



Siz xoh talaba bo‘ling, xoh oddiy ishchi yoki yirik tadbirkor – dushanba kuni ish boshlashingiz oson bo‘lmasa kerak. Quyidagi oddiy tavsiyalar yordamida «og‘ir dushanba»ni nafaqat yengillashtirish, balki unumliroq qilish ham mumkin.

Deyarli barchamiz dam olish kunlarini intiqlik bilan kutamiz. Shubhasizki, dam olish kunlari hordiq chiqarish uchun juda muhim. Biroq aynan biz hafta davomida bajaridigan ishimiz evaziga maosh olamiz, maqsadimizga yaqinlashamiz. Dushanba ajoyib ish haftasining avvali bo‘lishi mumkinligini doim ham anglayvermaymiz. Xo‘sh, dushanba kunlari mehnat qilishga odam o‘zini qanday undashi mumkin? Quyida yodda saqlash faqat foyda keltiradigan 5ta maslahat keltiriladi.

1. Yakshanba kuni uxlashga ertaroq yotish

Dushanba kuni ishdan chindan ham zavq olish uchun yaxshilab dam olishga ulgurish juda muhim. Albatta me’yorida uxlashga harakat qiling, ayniqsa dam olish kunlarida. Dushanba kuni ko‘tarinki ruhda ish boshlash uchun yakshanba kuni kamida to‘qqiz soat uxlash zarur. Bu kuningizni, ayniqsa tongni, butunlay o‘zgartira oladi. Yaxshi dam olsangiz yangi hafta boshlanganiga xursand bo‘lasiz.

2. Ishlarni avvaldan rejalashtirish

Ko‘pchilik dushanba kuni nima bilan shug‘ullanishini tasavvur ham qila olmaydi. Hafta davomida nima bilan shug‘ullanishini birinchi ish kuni boshlangandan keyingina o‘ylay boshlaydi. O‘z ishiga “muhabbat” uyg‘otishning ishonchli usuli bu – dam olish kunlaridayoq haftani rejalashtirib qo‘yish. Tuzilgan grafik sizni muhim ishlar kutayotgani eslatadi va tongda uyg‘onishga istak tug‘diradi.

3. Nega ishlashga xohish yo‘qligini tushunishga urinib ko‘rish

Nafaqat dushanba, balki boshqa kunlari ham mehnat qilishga ishtiyoq yo‘qligini his qilganmisiz? Shunday bo‘lsa, buning sababini aniqlash joiz. Balki erkin ishlashingizga ishxonangizdagi muhit xalal berar? Balki ko‘nglingiz notinchdir? Muammoni aniqlagach, unga yechim topishga urinib ko‘ring. Masalan, o‘ta toliqqan bo‘lsangiz, ta’til olarsiz? Ko‘ngilochar mashg‘ulot, hobbi bilan shug‘ullanish ham stresslardan himoya qiladi.

4. Dam olish kunlarida dam olish

Dam olish kunlarida charchoqlarni chiqarmagan bo‘lsangiz, bu ruhiy holatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Afsuski, dushanba kuni ishlashga yaroqsiz toliqqan odamlarni tez-tez uchratish mumkin. Ish haftasidan keyin nega yaxshi dam ololmaganingizga sabab, ishdan to‘liq uzilmaganingiz bo‘lishi mumkin. Xatto dam olish kunlarida ham asosan xizmat bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanishda davom etasiz. Vaholanki, o‘zi uchun vaqt ajratish judayam foydali, ayniqsa doim ish bilan bo‘ladiganlar uchun. Ishdan vaqtincha uzilish dushanba kuni yangi kuchlar bilan samarali mehnat qilishga zamin yaratadi.

5. Munosib ish libosini tanlash 

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega yirik korxonalar ishchilaridan rasmiy kiyinishni talab qiladi? Odamlar vaziyatga qanday kiyinganiga qarab munosabatda bo‘lishi isbotlangan. O‘zingiz ham sezgandirsiz, odam rasmiy kiyinganda gapirishi, yurish-turishi o‘zgaradi. Bu ish samarasini oshirish uchun oddiy va samarali usul hisoblanadi. O‘zingizni qulay his qiladigan kiyim tanlang. Dushanba kuni kiyganingizda o‘zingizni chiroyli his qiladigan kiyimni kiyish ham yaxshi fikr.

Dushanba og‘ir kunligi ongimizga singiz ketgan. Aslida mehnat qilish uchun barcha kunlar qulay. Ishlashga undovchi sabablarni istagancha keltirish mumkin. Ushbu soddagina maslahatlar sizga asqatishiga ishonamiz.


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD