Endemik bo‘qoq: salbiy oqibatlari, oldini olish va davolash

Добавлено: 27 Февраля 2018

Yod miqdori yetishmasligi turli qalqonsimon bez kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu kasallikning yurtimiz hududidagi eng keng tarqalgan turi endemik bo‘qoq bo’lib, asosan, yosh bolalar, o’smirlar, homilador hamda emizikli ayollarda ko’p uchraydi.

Bez faoliyatining pasayishi, yod miqdorining yetishmasligi quyidagi salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi:

1Homiladorlikda og’ir asoratlarga sabab bo’ladi:

  • Homilada miya rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi;
  • Umuman, homila o’sishi va rivojlanishida orqaga qolish;
  • Bola tashlash va bolaning muddatidan oldin tug’ilishi;
  • O’lik chaqloqning yoki aqliy va jismoniy jihatdan zaif, nogiron bolaning dunyoga kelishi…

2Bolalarda o’sish jarayonini kechikishi va aqliy qobiliyatni pasayishi;

3Yurak-qon tomir kasalliklari;

4Gipertoniya;

5Gipotoniya;

6Ateroskleroz;

7Oshqozon-ichak kasalliklari;

8Qabziyat va ich ketishi;

9Asab tizimi faoliyati buzilishi;

10Depressiya;

11Jinsiy bezlar faoliyati susayishi;

12Suyaklar rivojlanishinining pasayishi;

13Past bo’ylik va osteoporoz;

14Ayrim holatlarda bu xastalik qalqonsimon bezda saraton bo’lmagan va yoki saraton o’simtalarining paydo bo’lishiga zamin yaratadi.

14Hatto yod tanqisligining eng yengil shaklida ham mintaqa aholisining intelektual salohiyati 15-20 foizga kamayadi.

Yoshga nisbatan yodga bo’lgan kunlik ehtiyoj miqdori qancha?

  • 12 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun – 50 mkg;
  • 2-6 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun – 90 mkg;
  • 7-12 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun – 120 mkg;
  • 12 yoshdan kattalar uchun – 150 mkg;
  • Homilador va emizikli ayollar uchun – 200 mkg.

Xastalikning oldini olish va davolash:

1Endemik bo‘qoqning oldini olish hamda davolashning eng samarali, eng oson va arzon usuli – bu yodlangan osh tuzi iste’moli;

2Yod preparatlaridan iste’mol qilib borish (shifokor tekshiruvidan so’ng);

3Yod miqdori okean baliqlarida juda yuqori. Yod tanqisligiga qarshi kurashish uchun Tinch okeani mahsulotlarining konserva ko’rinishidan yeb turish lozim. Biroq ilmiy tekshiruvlardan ma’lum bo’lishicha, Amudaryo va Sirdaryo suv havzalaridan tutilib iste’mol qilinadigan baliqlarda yod miqdori juda kam.

Xurmo va yong’oq bo‘qoqning oldini oladimi?

100 gramm xurmoda atigi 2,8 mkg, yong’oqda esa 4,6 mkg yod borligi ma’lum bo’lgan. Yod kam mintaqada yashaganligimiz tufayli yurtimizda yetishtiriladigan meva, sabzavot, dukkakli ekinlar, suv va tuproq tarkibida ham bu modda kam bo’lib, organizmning yodga bo’lgan ehtiyojini qondira olmaydi.

Yoshlarimizning benuqson, sog’lom rivojlanishida, homilador ayollar farzandlarini bekam-u ko’st dunyoga keltirishlarida qalqonsimon bez gormonlarining ahamiyati nihoyatda katta. Doimo salomat bo’ling, azizlar! Barchamizni Olloh o’z panohida asrasin!



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ