Diatez qaytalamasin desangiz…

Добавлено: 26 Февраля 2018

— Emizikli chaqalog‘im ekssudativ diatez kasalligi bilan og‘rigandi. Hozir sog‘aygan bo‘lsada, ayrim taomlarni iste’mol qilganimda uning badanida qizg‘ish dog‘lar paydo bo‘ladi. Go‘dakda diatez qaytalamasligi uchun qanday ovqatlangan ma’qul?

Shahlo Olimova, Toshkent viloyati

Dilfuza TURDIYeVA, shifokor-pediatr, tibbiyot fanlari nomzodi: — Go‘dakning asosiy taomi ko‘krak suti bo‘lgani uchun avvalo o‘zingiz allergiya chaqiruvchi mahsulotlar — parranda, ot, qo‘y, baliq go‘shtlari, mosh, yong‘oq, mayiz, kakaoli va sitrusli ozuqalar, sabzi, pomidor, qulupnay kabilarni iste’mol qilmang. Ovqatga faqat mol go‘shti ishlating. Suvda qaynatilgan tuxumni esa bir haftada bir marta iste’mol qilishingiz mumkin. Sut kamroq ichgan ma’qul.

Ekssudativ diatez bilan og‘rigan farzandingizga sharbatlarni juda ehtiyotkorlik bilan, bir necha tomchidan bering. Har bir sharbat go‘dagingizda qanday ta’sir qilayotganini diqqat bilan kuzatib boring. Grechixa, suli (ovsyanka), perlovka, guruch kabi yormalardan sabzavotlar qaynagan suvda bo‘tqalar pishirgan ma’qul. Qatiq (kefir) iste’mol qiladigan go‘daklarda allergik reaksiyalar kam uchraydi. Faqat mol go‘shti va jigari qiymasidan tayyorlangan taomlar berishingiz mumkin.



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ