Показать меню
Britaniyalik olimlar ozishning yangi usulini kashf qildilar



Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti olimlari ovqat yeyishdan oldin bor-yo‘g‘i 500 ml litr (taxminan 2 stakandan sal ko‘proq) suv ichilsa, ozish mumkinligi haqidagi xulosaga keldilar.
Olimlar bu oddiy usul juda ham samarali va sog‘liqni saqlash sohasidagi mutaxassislar tomonidan unga talab katta bo‘lishini taxmin qilmoqdalar, deb yozmoqda vokrugsveta.ru nashri.
Tadqiqotda semirishdan aziyat chekuvchi 84 nafar katta yoshdagi odam ishtirok etdi. Ular ustida 12 hafta davomida kuzatuv olib borildi. 41 kishidan tashkil topgan guruhga ovqatlanishdan yarim soat avval 500 ml litr oddiy suv ichish taklif qilindi. Bunda gazlangan yoki shakar qo‘shilgan suv ichish taqiqlandi. Qolgan 43 ishtirokchiga ovqat tanovul qilishdan oldin oshqozonlari to‘ladek faraz qilish taklif etildi. 12 hafta ichida 1-guruh ishtirokchilari 2-guruhdagilarga nisbatan o‘rtacha 1,3 kg ko‘proq vazn tashlashga muvaffaq bo‘ldilar. Bunda uchta asosiy taom tanovul qabul qilishdan (nonushta, tushlik, kechki ovqat) avval suv ichganlar o‘rtacha 4,3 kg ga, buni bir marta qilganlar esa 0,8 kg ga ozdilar.
Olimlarning ta’kidlashlaricha, ular tomonidan kashf qilingan ozish usulining afzalligi uning oddiyligidadir. Vazn tashlash uchun kuniga uch mahal ma’lum vaqtda zarur miqdorda suv ichish kerak. Sog‘lom diyeta va jismoniy mashqlar bilan birgalikda bu usul semirishdan aziyat chekuvchilar uchun ancha samaraliroq ozish imkonini beradi.
Olimlar bu ozish usulini uzoqroq vaqt davomida ko‘proq ishtirokchilar bilan davom ettirishni mo‘ljallashmoqda.
Bu orada Massachusets texnologik va Garvard universitetlari olimlari ozishning yana bir usulini o‘ylab topdilar – ular semirishga javob beruvchi genni bloklashni o‘rganib oldilar.

Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD