Bez paydo bo‘lsa…

Добавлено: 26 Февраля 2018

— Turmushga chiqmaganman. Yaqinda ko‘kragimda bez paydo bo‘ldi. Tekshirtirsam, lipoma deb tashxis qo‘yishdi. Operatsiya yo‘li bilan oldirishni maslahat berishdi. Bundan boshqa yo‘li yo‘qmi?

Xurshida, 23 yosh, Surxondaryo viloyatidan

Dilobar MIRRAHIMOVA, mammolog: — Qiz bola ko‘kragida bez paydo bo‘lishining asosiy sababi qalqonsimon bez faoliyati buzilishi bilan bog‘liq. Dori-darmonlar yordamida qalqonsimon bez faoliyatini tiklash mumkin, lekin paydo bo‘lgan bez so‘rilib ketmaydi. Ko‘krak bezida paydo bo‘lgan har qanday tugun yomon asorat qoldirishi mumkin. Shuning uchun ham tugunni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash kerak. Hozirgi paytda plastik jarrohlik yo‘li bilan chandiq qoldirmasdan operatsiya qilish imkoniyatlariga egamiz. Operatsiyadan keyin ko‘krakning ko‘rinishi va shakli o‘zgarmaydi, chandiq qolmaydi. Agar tugun olinmasa, turmushga chiqqandan so‘ng, homiladorlikda yoki emizikli davrda tugun kattalashib ketishi va yomon asoratlarga olib kelishi mumkin.



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ