Baland poshnali, tor poyabzallar – ayol sog’lig’iga jiddiy zarar yetkazadi

Добавлено: 27 Февраля 2018

Ingichka poshnali poyabzallar qanchalik jozibador bo’lmasin, biz – ayollarga qanchalik yoqmasin, ularni muntazam ravishda kiyish salomatligimizga putur yetkazadi. Ushbu mavzuni ko’tarishimizdan maqsad ham shu: baland poshnaning ayol sog’lig’iga ko’rsatadigan ta’sirlaridan ogoh etish.

Baland poshnali oyoq kiyimlarni muntazam kiyish faqatgina oyoq tomirlarida emas, balki butun organizmda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keladi:

1Poshnasi 3 santimetrdan baland bo’lgan poyabzallar doimiy ravishda kiyilganda:

• Oyoq bo’g’imlari shikastlanadi;
• Tos-son sohasida moddalar almashinuvi sekinlashadi;
• Boldir venalarining varikoz kengayishi boshlanadi.
• Bora-bora osteartroz va osteoporoz (suyakning g’ovaklanishi) vujudga keladi.

2Poshnasi o’ta baland (masalan, 5-10 santimetr) oyoq kiyimlar mushaklarni zo’riqtiradi, oyoqni tez charchatadi;

3Barmoq qismi o’ta tor, umuman, tor poyabzallarda oyoqlar uzoq vaqt qisiladi, oqibatda, dastlab oyoq barmoqlari, so’ng oyoqning butun skeleti ziyon ko’radi:

• Oyoq barmoqlari shilinadi, shuningdek, qiyshaya boshlaydi;
• Oyoq bo’g’imlari yallig’lanadi;
• Tor poyabzalda qon tomirlari ham ma’lum muddat qisiladi. Bu esa oyoqlarda qon aylanishini buzadi, tovon mushaklarining qon bilan ta’minlanishini izdan chiqaradi;
• Yassioyoqlik kelib chiqishi ham ehtimoldan holi emas;

4Ayniqsa, balog’at yoshidagi qizlar uchun baland poshnali oyoq kiyimlar o’ta zararli:

• O’smirlarning mo’rtroq suyaklariga zarar yetkazadi;
• Tos suyagining qiyshayishiga olib keladi.

Yuqoridagi ikki holat tug’ruq paytida jiddiy muammolarga sabab bo’lishi mumkin.

Tavsiyalar:

1Odatiy kunlarda poshnasi 3 santimetrdan ziyod bo’lgan poyabzallarni kiymaganingiz ma’qul;

2Mashqlar – bo’g’imlarning qayishqoqligini orttiradi. Shuning uchun turli marosim-u tantanalarda baland poshnali oyoq kiyimlarni kiyishdan oldin va chiqargandan so’ng, oyoq uchi bo’g’imlari bilan turli mashqlar qiling;

3Imkon qadar toza charmdan tikilgan oyoq kiyimlar kiying. Sun’iy teridan tikilgan poyabzal oyoqlarni dimiqtirib, tirnoq va teri kasalliklarini yuzaga keltiradi.



Оставить комментарий
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ