Показать меню
Farzandingizni geniy qiladigan 10 holat



“Sony” korporasiyasi asoschilaridan biri Masaru Ibuka “Uch yoshdan so`ng kech” nomli kitobida, uch yoshli bola o`yin chog`ida ulg`ayganida juda ko`p vaqt sarflaydigan ishlarni o`zlashtirishi yozilgan. Yurish, konkida uchish, suzish... Bordi-yu ehtiyotlayvermay, yordam berilsa, farzandingiz bir vaqtning o`zida shularning barini o`rganishi mumkin. Quyida bolaning geniy bo`lishiga to`sqinlik qiladigan ota-onalarning o`n qo`rquvi haqida to`xtalamiz...

1. “Fantaziya”

“O`ylab topma”, “bo`lmag`ur gap” kabi ishonchsizligingiz bilan baxtli bolalikni ta`minlagan bo`lajak zamonaviy aka-uka Grim va Uolt Disneylarni yo`qqa chiqaryotganingizni bilasizmi? Aksincha, farzandingizdagi “fantaziya”ni rivojlantirish uchun atrofdagi vaziyatlardan ertak, ssenariy, qahramonlar fe`l-atvorini to`qishga yo`naltiring. Samimiy “fantaziya” qilishni boshlasangiz, o`zingizni to`xtata olmaysiz, ishonavering. Kelajakda, ona-bola, ota-bola hammuallifligidagi ertak kitoblari sotuvga chiqsa ajabmas.

 

2. Sayohat

4 yoshli bolani mahorat bilan salsa raqsini tushayotganini ko`rib, “iste`dod berilgan-da”, deyish bilan cheklanasiz. Va bolangizni “yugurib, charchagan”, deya bolalar maydonchasidan uyga qo`lda ko`tarib borasiz. Aslida esa hamma gap mashqda. Instagramda oilaviy dam olayotgan oilaning rasmlarini ko`rib, yana o`zingizni oqlaysiz. Avvaliga “bolalarim yosh, kolyaskada yurish noqulay”, deysiz. Farzandlar ulg`aygach, “shuncha bola bilan boramanmi?” deysiz. Yana ta`kidlaymiz: hamma gap mashqda! Bola bilan bir oyda bir qilingan sayr katta-katta natijalarni beradi, o`ylab ko`ring.

 

3. Qiyin syujetlar

“Bo`g`irsoq”, “Qizil qalpoqcha” kabi syujetlarni takrorlash bolaning dunyoqarashi uchun juda muhim. Qisqa syujetlar esa bolaning so`z lug`ati tanqisligiga olib keladi. Shu bois uyqu oldidan “Dyuymovochka”, “Qirol sher” kabi qiyin syujetli audiospektakllarni eshittiring yo kitobidan o`qib bering. Hech qancha vaqt o`tmay, so`z boyligi yaxshigina ortganiga guvoh bo`lasiz.

 

 

4. «Qiyin» musiqa

Masaru Ibuka o`z kitobida bolaning uch yoshgacha bo`lgan vaqtida dunyoni o`rganishi uchun keng imkoniyat berilishi lozimligini ta`kidlagan. Masalan, musiqali o`yinchoqlardan cheklamang. Bu jarayonda bolangizni opera yo jazni tushunmasligini inobatga olmang. “Ayiq qulog`ini bosib olgan”, deya boladagi eshitish qobiliyatini rivojlantirish haqida o`ylamaysiz. Chunki ota-onalarning o`zida bu qobiliyat ham, qiziqish ham yo`q. Ibuka kitobida doktor Shinichi Suzukining “Iste`dodni tarbiyalash” metodini keltirib o`tgan. Suzuki o`z metodi orqali oddiy bolalardan musiqiy geniylarni tarbiyalagan.

 

5. Jonivorlar

Qo`pol, befarosat kabi so`zlarni aqliy rivojlanmaganlarga nisbatan ishlatilishi quloqqa chalinadi. Hech qaysi ota-ona farzandiga nisbatan bu “ta`riflar”ni eshitishni istamaydi, albatta. Aqliy rivojlanishni bolaning jonivorlar bilan muloqoti ta`minlashidan xabaringiz bormi? Ideal usul – uy hayvonlarini boqish. “Tishlab oladi”, “infeksiya yuqtiradi” kabi gaplar bilan bolangizni jonivorlar bilan muloqotini cheklash siz uchun eng oson yo`l. “Ko`chadagi itlarni silama” yoki “voy, axlat oldida mushukcha yuribdi, ushlab ko`rasanmi?” degan gapdan qay birini tanlash o`z qo`lingizda... Birgina qishda qushlarga emak joy yasashni o`rgatish orqali bolani ehtiyotkorlik va boshqa jonli jonzotlarni his qilishni o`rgatgan bo`lasiz.

 

6. Ziravorlar

Yozuvchi Pamela Drukerman o`z kitoblarida gastronomik ta`mlar bolalikdan, hatto qo`shimcha ovqatlar orqali rivojlanishini ta`kidlagan. Ko`pchilik davlatlardagi bog`chalarda bolalar oddiy taomnoma bilan cheklangan. Lekin avvallari Fransiya bog`chalarida bolalarga turli pishloqlar, har xil ziravorli taomlar berilgan. Bolalar va kattalar menyusi ajratilmagan. Achchiq va o`tkir ovqatlar bundan mustasno, albatta. Masalan, rayhon yo dolchin qo`shilgan limonad, uzoq sayrdan so`ng zanjabil qo`shilgan choy boladagi dunyoqarashni kengaytiribgina qolmay, nozik ta`m shakllanishiga ham sabab bo`ladi.

 

7. Shishi buyumlar

Bola tarbiyasidagi ishonchingiz shisha orqali ham dunyoni anglashiga poydevor bo`ladi. Masalan, istalgan yoshda shishali o`yinchoqni archaga ilishga ruxsat bering. Lekin bu ularni nazoratsiz qoldiring, degani emas. Ishonch va sabringiz orqali bolangiz mahoratga ega bo`ladi.


8. Pichoq

Tarbiyadagi eng muhim omil – bolaga ishonish. Intellekt barmoq uchida joylashgani esa hamma onalarga ma`lum. Lekin onalar shu barmoqlarni o`tkir tig`li anjomlardan himoyalashadi. Pamela Drukerman o`z kitobida “Fransuz bolalari ovqatni sachratmasligini kuzatganman”, deb yozgan. Boisi ular oshxona jixozlaridan mohirona foydalanishadi, hatto pichoqdan ham. Bu bolalarga o`rgatilganmi? Yo`q! Ular bolalar uchun mo`ljallangan qoshiq, sanchqi, desert pichog`i orqali kattalarga taqlid qilib o`rganishgan. Bunday anjomlar bilan jarohatlanishmaydi. Biroq yaxshigina ko`nikmaga ega bo`lishadi.

Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD