Показать меню
Kuningizni rejalashtiring, deydi Devid Allen



Miyangiz turli tashvishlardan to‘lib-toshganda, muammolar o‘tib bo‘lmas tog‘ darajasida ko‘ringanda “Nahotki, ularni hal etish shunchalar qiyin!” – deya o‘zingizga beixtiyor savol berasiz. Muammolar hayotga ishonchingizni so‘ndira boshlaydi, tushkunlikka tushib holingizga aza ochishga tayyorlanasiz…

Yo‘q! Ayni shu holat o‘z kelajagingiz va rejalaringizni qayta ko‘rib chiqish uchun eng maqbul fursatdir! Chunki eng mashaqqatli vaziyatda ham nima qilish lozimligini bilsangiz, bu holat qiyin tuyulmaydi.

To‘g‘ri, aytish doimo uddalashdan oson. Ammo hayot so‘qmog‘idagi to‘siqlarga duch kelganda o‘zingizni nazoratda tutmay gup etib yiqilsangiz bundan yomoni yo‘q.

Bu holni juda ko‘pchilik boshdan o‘tkazgan: o‘zingizni xuddi futbol o‘ynayotganday, raqib o‘yinchilari sizni yengil aldab o‘tayotganday tasavvur etasiz. Ular baquvvat, tezkor, zarbasi kuchli, siz esa go‘yo nimjon va sekin yugurasiz.. hattoki, maydonda nega kalovlanib yurganingizni anglamayotibsiz. Ruhan cho‘kib, ich-etingizni yeysiz..

Qaddingizni rostlab, o‘ydan amalga o‘tishdan avval diqqatingizni qaysi nuqtaga qaratishni aniqlashtirib oling. Pirovard maqsadni belgilab oling. Futbolchi uchun asosiy maqsad – raqib darvozasiga to‘pni kiritish. Shu yo‘lda u halloslab chopadi, oyog‘idan tepkilar yeydi, yiqiladi-turadi.

Maqsadni aniqlab olganingizdan keyin ham boshingizni quyi solib raqobatchilar bilan uchrashga yurak betlamay o‘tiraverasizmi? Birinchi qadamni qo‘yish vaqti keldi.

Endi maydonga tushdingiz. Kuchlar teng emasligining ahamiyati yo‘q – hamma sizga qarshi bo‘lmaydimi?! Kurash qanchalik murakkab bo‘lsa, shuncha qat’iyat sarflashingiz lozim. Eng muhim uch maslahatga amal qiling:

  • o‘zingiz shug‘ullanayotgan ishdan to‘la manfaatdor bo‘ling;
  • qo‘ygan maqsadingiz aniq bo‘lsin;
  • qadam tashlashni qaysi tarafdan boshlashingizni aniqlab oling.

Ishdan bo‘shadingiz yoki kutilmaganda bo‘shatib yuborishdi. – Karyerangizni davom ettirish uchun diqqatni qaysi tomonga yo‘naltirishingiz lozim?

Salomatlikni yo‘qotdingiz. – Ahvolingizni o‘nglash uchun ishni nimadan boshlamoqchisiz?

Omad sizdan yuzini burgan mahalda nima qilish kerakligini o‘zingiz hal eting.

Bizni o‘rab turgan dunyo yaxshi yoki yomon bo‘lib qolmaydi. U qanday bo‘lsa shundayicha turibdi. Hammasi vaziyatni qanday qabul qilishimizga bog‘liq. Ayni vaziyatga munosabatingizni o‘zgartirib hayotingizni ham isloh qilasiz.

Poygachilardan so‘rasangiz, eng qiyini – mashinani pastlikka qarata haydash, deyishadi. Mashina harakatini qattiq nazoratda tutish va mag‘lubiyat tomonga qaramaslik kerak. O‘ynayotgan o‘yiningizga kirishishingiz va undan zavq olishingiz lozim.

Hayotda eng muhimi olg‘a intilishdir.

Samuel Jonson

Hatto suv to‘lqinida ham osoyishtalikni topsa bo‘ladi, ammo odamlar orasida emas.

Xitoy maqoli

Buqadan qo‘rqmay jangda g‘olib bo‘lganingiz yoki qo‘rqib mag‘lubiyatga uchraganingiz ahamiyatsiz. Qo‘rquv ostida g‘alaba qozonsangiz  g‘alabani nishonlashga arziydi.

Noma’lum muallif

Devid Allen 1945 yilda tug‘ilgan. Vaqtni rejalashtirish masalalari va shaxs mahsuldorligi bo‘yicha ekspert, maslahatchi. Shaxs samaradorligini oshirishning ommalashgan uslubi muallifi.

bismotivation.ru sayti maqolasi asosida tayyorlandi


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD