Boylik va kambag‘allik psixologiyasi. U qanday shakllanadi?

Добавлено: 25 Января 2020
Kambag‘allar muqim va ishonchli, asosiysi, mutaxassisligi bo‘yicha ish qidirishadi. Ishdan bo‘shatib yuborishlaridan juda xavotirlanishadi va shu lavozimga tish-tirnoqlari bilan yopishib olishadi, boshliqqa yoqishga harakat qilishadi.
 

Boylar maoshga e’tibor berishmaydi, ularning rivojlanishi uchun yordam beradigan ishni izlashadi. Keyinchalik o‘ziga katta imkoniyatlar ochadigan va katta mablag‘ keltirishi uchun zarur tajribaga ega bo‘lishni ko‘zlashadi. Ular bir joyda, bitta lavozimga yopishib olishmaydi. Nimadir yoqmasa yoki o‘sish-o‘rganishning imkoni yo‘qligini sezishsa, shu zahoti ketishadi.

Axborot olish

“Men hamma vaqt xatarni imkoniyatga aylantirishga intilganman”, deya yozadi Jon Devison Rokfeller. Kambag‘allar televizorlarda namoyish etiladigan seriallarni, filmlarni, ko‘ngilochar dasturlarni ko‘rishga, ijtimoiy tarmoqlar va internetga vaqt ajratishadi. Sariq matbuotni xush ko‘rishadi. O‘zlarining dunyoqarashlarini shakllantirib borishni unutib, miyasini bo‘lar-bo‘lmas axborotlar bilan to‘ldirib tashlashadi. Natijada aqli o‘tmaslashib qolganini sezishmaydi ham.  

Boylar axborotni aniq, ishonchli manbalardan olishadi va uni jiddiy tahlil qilishadi. O‘zlari uchun zarur axborotlargagina vaqt ajratishadi. Ularning sariq matbuot, siyosat bilan mutlaqo ishlari yo‘q. Foydali, dunyoqarashini kengaytirishga hissa qo‘shadigan qimmatli ma’lumotlarni afzal bilishadi. Bu ma’lumotlarni kitoblardan, internet va boshqa manbalardan izlashadi.  

 Muloqot doirasi

Психология бедности и богатства

Kambag‘allar o‘zlari o‘rgangan odamlar bilan do‘stlashadi. Shuning uchun ham ularning muloqot doiralari tor bo‘ladi. Tanimagan odamlar bilan so‘zlashishni unchalik ham xushlamaydi. Garchi zerikarli, dunyoqarashi ularnikidan past bo‘lsa-da, o‘zlarining afzalliklaridan bahra olish uchun o‘rgangan insonlari bilan “chaq-chaq”lashaverishadi. Badavlat insonlarni ko‘rganda hasad qilishlari, “o‘g‘ri, muttaham” deyishlari ham mumkin. 

Boylarning muloqot doirasi keng va tanishlari ko‘p bo‘ladi. Ular aloqalar va imkoniyatlar doirasini kengaytirishga yordam beruvchi yangi tanishlar orttirishadi. Tajriba va bilim almashish uchun tadbirkor, uddaburon kishilar bilan muloqot qilishadi. Boylar o‘zlaridan afzal, o‘zlariga qaraganda muvaffaqiyatliroq insonlarga havas qilishadi. Ulardan nimalarnidir o‘rganishga intilishadi. 

Hayot tarzi

Kambag‘al odamlar tinchlikni, uyni yoqtirishadi. Ish vaqti tugashi bilan uylariga chopishadi. Charchaganlarini ro‘kach qilib, divanga cho‘zilishadi. Televizor ko‘rishadi, ijtimoiy tarmoqlarda, internetda maqsadsiz “daydib yurishadi”.  

Boylar o‘zgarishlarni, sayr-u sayohatni xushlaydi. Bir xillikdan juda tez zirikishadi va faol harakat qilishadi: albatta, sport bilan shug‘ullanishadi, fikr doirasini boyitish maqsadida o‘qishadi, sayohatlarga chiqishadi, foydali ishlar bilan shug‘ullanishadi. Boylar ishdan keyingi bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri yo‘naltira olgani uchun ham boy bo‘lishgan.  

Ovqatlanishning ham ta’siri bor

Kambag‘allar arzon, sifati pastroq mahsulotlarni afzal bilishadi. Foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq bo‘lgan bunday mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida bosh og‘riydi, salomatlikka putur yetadi, mehnat mahsuldorligi kamayadi.   
Boylar foydali mahsulotlar bilan oziqlanadi. Tunggi vaqtlarda ovqatdan mutlaqo voz kechishadi. Me’yorni bilishadi.

Sen o‘zingni shunchalik aqlli hisoblar ekansan, nima uchun bu qadar kambag‘alsan? Kambag‘allar va boylarning o‘ziga xos qirralari taqqoslansa qiziq natijalarga erishish mumkin.

Pul miqdori inson xarakterining qirralari, shaxsiy sifatlari bilan bog‘liq bo‘lar ekan. Shu ma’noda boylar va kambag‘allarni butunlay boshqa-boshqa olam deyish mumkin.

Kambag‘allik xususiyatlarini qanday qilib yo‘q qilish va boylarning fazilatlarini qanday shakllantirish mumkin? Boylik karmondan emas, fikrlash, xarakter va turmush tarzidan boshlanadi. Sen boymisan yoki kambag‘almisan? Puli kamlar o‘zlarini kambag‘al deb hisoblashadi. Ammo boylik insonning aqli bilan bog‘liq. Boylar kasodga uchrashi mumkin, shunda ham ularni hech kim kambag‘al deb atamaydi. Ular “singan” taqdirda ham yana qaddini rostlab, o‘zlarini  tiklab olishga kuch topishadi. Kambag‘al odam esa bir umr bir joyda depsinganicha qolib ketadi.   

Boylik va kambag‘allikning kelib chiqish sabablari

Jon Devison Rokfeller bir paytlar “Agar sizning yagona maqsadingiz boy kishiga aylanish bo‘lsa, unda hech qachon niyatingiza yetisholmaysiz”, degandi. 
Kambag‘allar va boylarning fikrlashi tubdan farq qiladi va ularning farovonligi ana shu asosda shakllanadi. Kambag‘allik ruhiyati insonda bolaligidan atrof-muhit ta’sirida shakllanib boradi. Shuning uchun ham ko‘pgina sulolalar non va suv bilan kun ko‘rishgan, mablag‘ yetishmovchiligidan qiynalishgan. Ayrimlar buni omadsizlikka yoki tavqi la’natga yo‘yishadi. Biroq nochorlik yoki kambag‘allikning tavqi la’natga mutlaqo aloqasi yo‘q. Buning hammasi tarbiya va hayotiy imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatidir. Kambag‘allar o‘z farzandlariga noto‘g‘ri  fikrlarni singdirishadi. Shu fikrlar asosida miyada shakllangan noto‘g‘ri  dastur butun umr aks-sado berib turadi. Kichikligida noto‘g‘ri “dasturlangan” bola o‘smir yoshiga yetganda qanotlari ham qirqiladi. Orzularini bayon etganida, “Nima qilasan, nima keragi bor shuni?”, “Bor boricha, yo‘q holicha”, “Ko‘p bilsang tez qariysan”, “Bo‘yningni yetmagan joyga cho‘zma”, “Hamma yaltiragan narsa oltin bo‘lavermaydi”, “Ko‘p bilsang, tez qariysan”,  “Sabrning tagi sariq oltin”, “Taqdirdan qochib qutulib bo‘lmaydi”, “O‘z uying – o‘lan to‘shaging”, “Qo‘l qo‘lni yuvar”, “Halol ishlab boylik orttirib bo‘lmaydi”, deya fikridan qaytaramiz. Endi uning miyasiga “Bor boricha, yo‘q holicha” aqidasi singib qoladi. Pulni, boylikni toza yo‘l bilan ishlab bo‘lmas ekan, degan xulosaga keladi. Kambag‘allarning juda ko‘pchiligi ta’limni keraksiz narsa, deb hisoblaydi. Boylar esa butunlay boshqa qarash va o‘lchamlarda fikrlashadi. Biror ishni boshlashdan oldin ehtimoliy xavflarni jiddiy o‘rganishadi, dono qarorlar qabul qilishadi va oldindan bir qancha harakatlarni chamalab qo‘yishadi.
 
Maqsadlar xilma-xilligi

Kambag‘allik va boylik ruhiyati  ta’limga munosabatda yaqqol namoyon bo‘ladi. Kambag‘al kishi tezroq maktabni tugatib, ko‘p pul topib, yaxshi hayot boshlashni istaydi. Buning uchun mashhur mutaxassisliklarni tanlashga, yaxshi maoshli kasbda va muqim doirada ishlashga intiladi. Biror yo‘nalishda ta’lim olish, o‘qib-o‘rganishni to‘xtatib qo‘yishadi.      

Boylar uzoq muddatga mo‘ljallangan ta’lim jarayonini tanlashadi, muttasil rivojlanish uchun mustaqil ravishda o‘qib-o‘rganishdan to‘xtashmaydi. Ta’limning bir turini tugatishi bilanoq o‘zi zarur deb bilgan yo‘nalishda o‘qishni davom ettiradi.  Boriga qanoat qilishmaydi, “osmondagi oyni” mo‘ljallashadi. O‘z imkoniyatlarini to‘la namoyon qilish uchun ko‘ngli istagan kasbni tanlaydi. Doimo harakatda, izlanishda bo‘lishadi.

Pul topish madaniyati

“Kuni bo‘yi ishlagan odamning pul topishga vaqti bo‘lmaydi”. Bu so‘zlar ham Jon Devison Rokfellerga tegishli. 
Kambag‘allarning daromad manbayi – maosh. Ular ko‘proq pul topish uchun o‘zini xavfga qo‘yishni istashmaydi. Barqarorlikni afzal bilishadi.
Boylarda xavflarni kamaytirib, hayot tarzini yaxshilaydigan daromad manbayi bir emas, bir nechta bo‘ladi.  Ular me’yor doiralaridan chiqmagan holda xatarga ham borishadi. Biroq o‘ylanmagan ishga mutlaqo qo‘l urishmaydi.

Noto‘g‘ri sarflash

Kambag‘allar ko‘proq sarf qilish uchun ko‘p puli bo‘lishini istaydi. Agar pullari ko‘payib qolgudek bo‘lsa, o‘ylamasdan xarajat qilib yuborishadi. Pullari bo‘lmaganida esa, hamma jihatdan iqtisod qilishni boshlashadi. Maoshgacha 1 tiyinga muhtoj bo‘lib turishsa-da, maosh olgandan keyin noratsional sarflashadi. Xarajatlari maosh miqdoridan oshib ketadi. Shu tarzda qarzga ham kirib ketishadi.
Boylar pulni uni ko‘paytirish uchun topishadi. Xarajatlar o‘ylab rejalashtiriladi. Bekorga sarflanmaydi. Xarajatlari topganlaridan kam bo‘lishiga e’tibor berishadi. Foydadan yig‘ishadi.   


Hayotiy maqsadlar

Kambag‘allar bir dunyo puli, eng oxirgi urfdagi avtomobili, katta uyi, umuman hamma-hammasi hashamatli bo‘lishini istashadi. Maqsadlarni amalga oshmaydigan bema’ni orzularga almashtirib yuborishadi. Muammo shundaki, ular orzu qilishadi, biroq orzusini maqsad qilib olib, unga yetish yo‘lida reja qilishmaydi. “Holva, degan bilan og‘iz chuchimaydi”.    
Boylar hamma vaqt aniq maqsad bilan harakat qiladi. Ularning qisqa muddatli, o‘rtacha, tez va global maqsadlari bo‘ladi. Hamma vaqt biror maqsadga erishish uchun oldindan reja tuzib, keyin faol harakatga kirishadi. Ular voqelikni doimiy tahlil qilib borishadi, rejalarini shunga qarab tahrir qilishadi, biroq chekinishmaydi.  

Hayotga qarashning turlicha bo‘lishi

Jon Devison Rokfeller “Sizning farovonligingiz o‘zingizning shaxsiy qarorlaringizga bog‘liq”, – degan fikri bilan mutlaqo haq edi. Kambag‘allar ko‘p narsaning ularga aloqasi yo‘qligidan xursand bo‘lishadi. Noqulayliklarga, kambag‘allikka atrofdagi olam aybdor, biroq ular emas. Kambag‘allar taqdirni qo‘lga olish imkoniyati mavjudligiga ishonishmaydi. Oqim bo‘ylab suzishadi. 
Boylar o‘ziga, o‘z imkoniyatlariga, aqliga ishonishadi. G‘alaba va yutqazishlarining sababini o‘zidan izlaydi. Mag‘lubiyatga sabab bo‘lgan omilni qay jarayonda ko‘zdan qochirganini izlab topishga intilishadi. U hayotdan imkoni boricha ko‘proq narsani olishga, o‘z taqdirini o‘zi boshqarishga, yaratishga o‘rganadi. Xuddi shuning uchun ham badavlat bo‘lib, muvaffaqiyat qozona oladi.

Xulosa

Agar sen shunchalik aqlli ekansan, unda nima uchun bunchalar kambag‘alsan? Gap nafaqat aqlda, balki xarakterning xos jihatlarida va hayotiy qarashlarda ham ekan. Boylik va kambag‘allik ruhiyati bizning o‘zimizda, ichimizda yashirin. Agar boy bo‘lishni istasang, dunyoqarashingni o‘zgartir va aniq maqsad yo‘lida harakatingni boshla!

252

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ