Показать меню
Mandarin mevasini engu, po`stlog`ini tashlab yubormang



Sitrus mevalari oilasining kenjatoyi – mandarinni barchamiz sevib iste`mol qilamiz. U nafaqat mazali, balki foydali hamdir. Ko`p gapirib nima qildik, mandarinning siz bilgan va bilmagan xususiyatlari bilan tanishing!

Kichkina «tabib»

Mandarinxo`rlik bu nafaqat yoqimli mashg`ulot, balki turgan–bitgani organizm uchun foydadir. Bir dona mandarin tanovuli ko`z qovoqlari terisi uchun muhim bo`lgan – A vitaminini, asab tizimi faoliyatini rag`batlantiruvchi – C va V1 darmondorilarini va bo`g`imlar salomatligi uchun zarur hisoblangan K vitaminini ulashadi.

Yangi siqilgan mandarin sharbati bolalar uchun parhezbop ichimlik hisoblanadi. Farzandingizning allergiyaga moyilligi bo`lmasa, shamollash va grippga qarshi profilaktika chorasi sifatidagi mandarin sharbatidan foydalanish mumkin.

Xalq tabobatida mandarin po`stlog`idan tayyorlangan qaynatma quruq yo`tal xurujlarini kamaytirishda tavsiya etiladi.

Tumov va burun bitishi bezovta qilganida, mandarin po`stlog`i qaynatilib, bug`ida nafas olinadi. 
Tez–tez boshi og`rib turadiganlar uchun ham mandarinning nafi tegishi mumkin. Archilgan mandarin po`stlog`ini 5-8 daqiqa davomida hidlash, bosh miyadagi og`riq refleksini kamaytirishi mumkin.

Zamburug`lar «xujum» qilgan teri va tirnoqlarni mandarin sharbati bilan tez–tez artib tursangiz, bezovtalikdan asar ham qolmaydi.

O`n ikki barmoqli ichak va oshqozon yarasi, gastrit, kolit, ichak yallig`lanishi, xolesistit, gepatit va kuchli nefritda mandarin iste`moli tavsiya etilmaydi.

 

Terimga tirtiq tushdi, debmidingiz...

Mandarin po`stlog`idagi efir moyining naqadar foydali ekanligini bilganingizdami... Aynan ushbu efir moyi qo`shilgan krem va zardoblar yuzdagi har qanday muammoni hal qiloladi. Shuningdek, sellyulit bilan kurashishda ham u tengsizdir. Homiladorlikda qorin va son terisiga tirtiq tushdimi, mandarin po`stlog`idan olingan efir moyini yordamga chaqiring. Efir moyini dorixona hamda go`zallik vositalari sotiladigan do`konlardan topish mumkin.


Xonimlar, niqob tayyorlaymiz!

Bir dona po`sti tozalangan mandarinni bo`tqa holiga keltiring-da, bir choy qoshiqda asal yoki smetana bilan aralashtirib oling. Niqobni kosmetika vositalaridan tozalangan yuz terisiga 15-20 daqiqaga surtib qo`ying. Go`zallik muolajasi haftasiga ikki marotaba bajarilsa, yuz terisi mayinlashadi.

Yarim hovuch quritilgan mandarin po`stlog`ini maydalab, talqon ko`rinishiga keltiring. Bir dona tuxum sarig`i, bir osh qoshiqdan un va smetanani qo`shib, aralashtiring. Skrab bo`yin va yuz terisiga surtilib, engil uqalanadi. So`ng 15 daqiqadan so`ng iliq suvda chayib olinadi.

Oshxonaga marhamat qilsinlar!

  • Choy damlayotganda, choynakka bitta mandarin po`stlog`ini qo`shib yuboring. Choyxo`rlikdan bosh ko`tarolmay qolasiz!
  • Quritilgan mandarin po`stlog`ini oshxona jovonlarining burchagiga qo`yib chiqing. Yoqimli ifori ancha paytgacha sizni xursand qiladi.
  • Kiyim javonlari, ayniqsa, paypoqlar saqlanadigan bo`lmaga, albatta, quritilgan mandarin po`stlog`ini tashlab qo`ying. Oyoq terlashi va kir yuvish vositalarining aralash hididan halos bo`lasiz.
  • Mandarin po`stlog`ini ingichka to`g`rab, ozroq shakar bilan aralashtirasiz. So`ng olovda qaynatib olsangiz, kifoya. Sariyog`li non ustiga surtib eyish uchun mazali jem tayyor!
  • Shampun idishining ichiga maydalangan mandarin po`stlog`ini solib qo`yish mumkin. havotirlanmang, bundan soch yuvish vositasi zarar ko`rmaydi, aksincha, hidi yanada yaxshilanadi.

Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD