Hech ham ozmaslikka nima sabab bo‘lishi mumkin?

Добавлено: 02 Июня 2020 Источник: daryo.uz

Ko‘pchilik vazn tashlay olmasligini faqat ovqatdan deb biladi, lekin bu organizmdagi metabolizm bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Metabolizm sekinlashishining belgilari nimadan iborat va qanday odatlar moddalar almashinuvi buzilishiga sabab bo‘ladi? Quyida ushbu savolga javob beramiz.

 

Moddalar almashinuvi buzilishi sabablari nimada?

Kaloriya kamayishi

Kishilar ozish uchun kaloriyasi kam mahsulotlarni iste’mol qiladi. Buning natijasida, organizmda oziqa moddalari va vitaminlar yetishmovchiligi hamda metabolizm sekinlashishi kuzatiladi?

Oqsil yetishmovchiligi

Oqsil yetishmasligi yaxshi bo‘lmagan metabolizmning yana bir sabablaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qilish metabolizmni 30 foiz yaxshilaydi.

Kam harakatlilik

Istalgan parhez, jismoniy harakat yetarli bo‘lmasa, samara bermasligi isbotlangan fakt. Shu bois shifokorlar kuniga 20-40 daqiqa yayov yurish va sport bilan shug‘ullanishni tavsiya qiladi.

Uyqusizlik

Inson sutkada 7-8 soat uxlamasa, organizmda zo‘riqish kuzatiladi. Chunki energiyani tiklash uchun odatdagidan ham ko‘proq taom iste’mol qilinadi. Uyqusi chala bo‘lgan inson kuniga 300-500 kaloriya iste’mol qiladi. Kunduzgi uyqu, tungi uyqu kabi kerakli energiya bilan ta’minlamaydi.

Shirin ichimliklar

Organizmga sharbat, kofe yoki choy emas, suv kerak. Kun davomida suv o‘rniga shirin sharbat, kofe iste’mol qilish natijasida metabolizm sekinlashadi.

Foto: “Nat.press.net”

Metabolizm sekinlashishining belgilari

1. To‘g‘ri ovqatlanishga rioya qilinsa ham vazn to‘plash eng birinchi belgilardan biri hisoblanadi. Kilolar to‘planganini, asosan, bel va qorin qismida yig‘ilgan yog‘lardan bilish mumkin.

2. Doim charchoqni his qilish — ikkinchi belgi. Holsizlik natijasida ishlash faoliyati susayishi, diqqat pasayishi kuzatiladi.

3. Uchinchi belgi — teri qurib to‘kiladi.

4. To‘rtinchi belgi — tirnoqlar zaiflanishi va sinishi bilan namoyon bo‘ladi.

5. Beshinchi belgi — soch tolalari mo‘rtlashib, to‘kila boshlaydi.

6. Oltinchi belgi — qattiq bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

7. Yettinchi belgi — qalin kiyinishga qaramasdan sovuq qotadi va et uvishadi.

8. Sakkizinchi belgi — shirinlikka ruju qo‘yish.

234

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ