Yaponcha taom — tovuq go‘shtidan

Добавлено: 18 Июля 2020 Источник: ayol.uz

Zarur masalliqlar: 400 gr. tovuq go‘shti, 200 gr. dimlab pishirilgan guruch, 150 gr. konservalangan ko‘k no‘xat, 50 ml. soya sousi, 3 dona tuxum, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 1 bosh piyoz, bitta sabzi, o‘simlik yog‘i, ko‘kpiyoz.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go‘shtini o‘rtacha kattalikda bo‘laklarga bo‘ling. Piyoz va sabzini to‘rtburchak shaklda, kichikroq qilib to‘g‘rang.

2. Qizdirilagn o‘simlik yog‘ida tovuq go‘shtini biroz qizartirib qovurib oling.

3. Piyoz va sabzini esa to yumshaguncha pishirasiz.

4. Ko‘kpiyozni mayda to‘g‘rab, qizdirilgan yog‘da 30 soniya qovurgach, tuxumlarni chaqasiz va atalab pishirasiz. So‘ngra tovuq go‘shti va sabzini qo‘shib aralashtirasiz.

5. 5 daqiqadan so‘ng guruch, ko‘k no‘xat va maydalangan sarimsoqpiyoz solib, taomni 10 daqiqacha dimlaysiz. Pishishiga 3–4 daqiqa qolganida soya sousini solish kerak.

4 kishilik

50 daqiqa

145

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ