Tez tayyor bo‘ladigan yegulik: qiyma, kartoshka va bulg‘or qalampirili pirog pishiramiz

Добавлено: 02 Июня 2020 Источник: daryo.uz

Oila a’zolaringiz kech bo‘lganda birdan somsa yegisi kelib qolganida, endi bu ishni ertaga qoldirishning hojati yo‘q. Somsaning biroz o‘zgartirilgan, oson tayyorlanadigan variantini pishiramiz.

Kerakli masalliqlar:

  • qat-qat xamir (tayyori yoki o‘zingiz tayyorlasangiz ham bo‘ladi);
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
  • piyoz — 2 ta;
  • kartoshka — 4—5 dona;
  • bulg‘or qalampiri —1 dona;
  • qiyma — 300 gramm;
  • ta’bga ko‘ra tuz va qora murch;
  • tuxum — 1 ta.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qat-qat xamirni ikki bo‘lakka bo‘lib, yupqa qilib yoyib olamiz.
  2. Duxovka listini yog‘lab, xamirni solamiz.
  3. Piyoz, kartoshka va bulg‘or qalampirini mayda qilib to‘g‘rab olamiz.
  4. Qiymaga tuz va murch solib, to‘g‘ralgan sabzavotlar bilan aralashtiramiz.
  5. “Nachinka”ni xamirning ustiga bir tekis qo‘yib chiqamiz.
  6. Xamirning ikkinchi bo‘lagini pirog ustiga qo‘yib, chetlarini biriktirib chiqamiz.
  7. Havo chiqishi uchun pirog ustini bir necha joyidan teshib chiqamiz.
  8. Pirog ustiga tuxum sarig‘i surilsa, u qizarib, yaltirab chiqadi.
  9. 200 daraja qizdirilgan pechda 40-60 daqiqa pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

303

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ