«Tantana» pirogi — bayram oldi g‘ayratingiz toshsa

Добавлено: 18 Июля 2020 Источник: ayol.uz

Zarur masalliqlar: 250 gr. shakar, 3 stakan un, 150 gr. sariyog‘, 4 dona tuxum, 1 osh qoshismetana, 10 gr. xamiryumshatgich, pichoq uchida vanilin; ichiga solishga: 400 gr. konservalangan shaftoli mevasi, 80 gr. yong‘oq mag‘zi, 2 o‘ram vanilinli puding.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum sarig‘ini 50 gr. shakar bilan aralashtiring.

2. Eritilgan sariyog‘ sovigach, smetana bilan tuxum sarig‘iga solib, un va xamiryumshatgichni ham qo‘shing. So‘ngra xamirni aylana shakldagi yog‘langan qolipga soling.

3. Tuxum oqini qolgan shakar bilan ko‘pirtiramiz. Vanilinli pudingni ham solib, mikser bilan aralashtirishda davom etamiz.

4. Xamir ustiga konservalangan shaftolilarni terib chiqing. So‘ngra tuxum oqili aralashmani quying-da, maydalangan yong‘oq mag‘zidan seping. Pirog 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqada pishadi.

2 soat

8 kishilik

173

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ