Shokoladli pechenelar - retsepti o‘zgacha

Добавлено: 18 Июля 2020 Источник: ayol.uz

Zarur masalliqlar: 250 gr. shokoladli pasta, 200 gr. un, 2 dona tuxum, 30 gr. qora shokolad, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Shokoladli pastaga un, tuz, xamiryumshatgich va tuxum qo‘shib aralashtiring.

2. Tayyor xamirdan yong‘oq kattaligida zuvalachalar yasab, qo‘lingiz bilan yoying-da, pishiriq qog‘ozi solingan qolipga tering.

3. Endi pechenelar ustiga bir bo‘lakdan shokoladdan qo‘yib chiqing. Shirinligimiz 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqada pishadi. Pishgach yuziga qand upasidan sepasiz.

45 daqiqa

4 kishilik

171

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ