Показать меню
Sabzili rulet — mazasi og`zingizda qoladi



Zarur masalliqlar: yarim kg. sabzi, 250 gr. yumshoq pishloq, 3 dona tuxum, 50 gr. qattiq pishloq, 2 osh qoshiq mayonez, 30 gr. sariyog`, 2 osh qoshiq o`simlik yog`i, tuz, murch, ko`katlar.

Tayyorlanishi: 1. Qirg`ichdan chiqarilgan sabzini o`simlik yog`ida qovurib oling. Sabzi yumshagach, tuxum sarig`i, mayda to`g`ralgan ko`katlarni qo`shing. Tuz va murch seping.

2. Tuxum oqini mikser yordamida ko`pirtiring-da, sabzili aralashmaga qo`shing.

3. Gaz pechi patnisiga pishiriq qog`ozini soling. Ustiga sabzili aralashmani joylang. Sabzili korj qizdirilgan gaz pechida 15 daqiqa davomida pishiriladi.

4. Qirg`ichdan chiqarilgan pishloqqa, yumshog`ini qo`shing. Mayonezni solib, tuz namagini sozlab oling.

5.Pishgan sabzili korj ustiga pishloqli aralashma tekis surtiladi. So`ng korjni bir tomonidan boshlab, rulet shaklida o`rash lozim. Ruletni 15-20 daqiqaga muzlatgichga qo`yib olsangiz, ta`mi yanada mazali bo`ladi.

1 soat

6-8 kishilik


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD